Соғлом оила - соғлом келажак

Homiladorlikda ovqatlanish tartibi: haftalik va davrlarida ovqat ratsionini tuzish

Baxtiyorlik, sabrsizlik bilan kutish, hayajon va hatto qo‘rquv – bu tuyg‘ularni sezmasdan homiladorlikni o‘tkazish mumkin emas. Bu davrda emotsiyalarga berilmasdan, homiladorlikning o‘ziga yarasha javobgarliklarini ham unutmaslik lozim. Aynan shu davrda sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya qilish zarur.

Homiladorlik davrida to‘g‘ri ovqatlanish eng dolzarb bo‘lgan mavzulardan biridir, chunki homilador ayol nimani iste’mol qilsa, tug‘ilajak farzandi ham shu moddalardan oziqlanadi. Masalan, homilador ayol yetarlicha oqsil iste’mol qilayaptimi, bola organizmining qurilishida eng muhim bo‘lgan moddani. Aynan oqsilga boy maxsulotlar iste’mol qilish, homiladorlik vaqtida muhim hisoblanadi.

Shu bilan birga, ba’zi mahsulotlar homilaga va onaning o‘ziga ham zararli ta’sir etishi mumkin. Bunday mahsulotlardan “qochish” kerak. Muhim bir narsani unutmaslik kerak: homiladorlikning ilk davrlarida ovqatlanish tartibi, homiladorlikning oxirgi haftalaridagi ovqatlanish tartibidan farq qiladi.

Barchaga ham ma’lum emas, bunday farq nima uchun ahamiyatli. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, homila birinchi uch oylikda eng muhim a’zolari shakllana boshlaydi, lekin uning hajmi kattalashishi bu davrda kuzatilmaydi. Shuning uchun boshlang‘ich davrlarda ayol yetarlicha minerallar, vitaminlar va shu kabi moddalarni qabul qilishi kerak.

Homiladorlikning ikkinchi uch oyligida oziqlanish, tarkibida oqsilga boy maxsulotlar bilan to‘ldirilishi zarur. Chunki bu davrda homila a’zolarining jadal o‘sishi boshlanadi. Buning uchun a’zolar qurilish “hom ashyosi” – oqsil kerak bo‘ladi.

Homiladorlikning so‘ngi uch oyligida – avvalo minerallarga boy maxsulotlar, ayniqsa kalsiyga boy bo‘lgan ozuqa tartibiga o‘tiladi. Chunki bu davrda suyaklar va nerv tizimi jadal rivojlanadi.

Homiladorlikni rejalashtirishdan oldin ham to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya etish zarur. Ayol organizmi qo‘shilish vaqtida kuchli, sog‘lom bo‘lsa, urug‘langan tuxum hujayraning bachadonga yopishishi shuncha mustahkam bo‘ladi. Ba’zi vitaminlar ham embrionning to‘g‘ri rivojlanishi uchun muhim rol o‘ynaydi.
Homiladorlikda ovqatlanish tartibi

Demak, homiladorlik davrlariga qarab ovqatlanish tartibini o‘zgartirish kerakligi haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz. Ammo, homiladorlik vaqtida ovqatlanishning umumiy qonun-qoidalari bor. Ular haqida quyida batafsil ma’lumot beramiz.

Homiladorlik vaqtida ovqatlanishning umumiy prinsplari

Avvalo, unutmaslik lozim: ovqatlanish stolidan yengil ochlik bilan turgan yaxshiroq, to‘yib qolgandan ko‘ra. Shuning uchun ko‘p emas, yaxshisi kam-kamdan, tez-tez ovqatlanish zarur. Ideal variant kuniga 5-6 marta ovqatlanishdir, uyquga ketishdan kamida 3 soat oldin kechki ovqatni yeyish kerak. Undan kechroq ovqatlanish mumkin emas, agar ochlik hissi juda qiynayotgan bo‘lsa bir stakan sut yoki kefir, olma yoki nok kabi maxsulotlar iste’mol qilgan yaxshiroq.

Homiladorlikda, umuman har qanday inson uchun ham qovurilgan ovqatlardan, dudlangan, sho‘r maxsulotlardan voz kechish yaxshiroqdir. Foydali ovqatlardan bug‘da pishirilgan, qaynatilgan yoki dimlanganlarini tanlash foydaliroq. Homiladorlar iste’mol qilayotgan maxsulotlar yangi, tuz ko‘p bo‘lmasligi zarur.

Albatta homiladorlikda, fast-foodlardan umuman voz kechish kerak. Agar och qolish va unchalik foydali bo‘lmagan maxsulotlar iste’mol qilishdan birini tanlash kerak bo‘lib qolsa, ikkinchisini tanlash kerak bo‘ladi. Chunki homilador ayollar och qolib ketmasliklari kerak. Shuning uchun homildorlar o‘zlari bilan meva yoki buterbrod kabilarni olib yurishlari kerak.

Oqsil, yog‘, uglevod, mineral tuzlar va vitaminlar orasidagi nisbat homiladorlik davrlariga mos bo‘lishi kerak.

Haftalik ovqatlanish tartibi:

Homiladorlikning 1-3 haftasida

Ginekologlar homiladorlikni urug‘langan davrdan boshlab aniqlay olishmaydi, hayz kelishi to‘xtagandan boshlab hisoblashadi. Shuning uchun ham homiladorlikning 2 haftasi urug‘lanmasdan oldin boshlanadi, ya’ni akusherlik vaqti bilan hisoblanganda.

Homiladorlikni rejalashtirish davri – eng muhim davr hisoblanadi, shu davr homilaning so‘g‘lom rivojlanishi, homiladorlikda asoratlar bo‘lmasligini belgilaydi. Shuning uchun ham bu davrda ovqatlanish tartibi ahamiyatga ega. Homiladorlikdan oldingi davrda foli kislotasi miqdorini ko‘paytirish kerak. Shifokorlarni foli kislotasini dori ko‘rinishida qabul qilishni tavsiya etishadi, ammo tabiiy ovqat tarkibidan qabul qilgan eng yaxshiroq yo‘ldir. Foli kislotasi ko‘katlar, salat bargi va don maxsulotlarida ko‘p bo‘ladi.

Meva va sabzavotlar iste’molini ko‘paytirish, yog‘li va shirin maxsulotlardan vaqtinchalik cheklanib turish kerak. Shu yo‘l bilan semirishdan va toksikozning erta boshlanishidan qutulish mumkin.

Taxminan, siklning 10-14 kunlarida tuxum hujayra urug‘lanishi va bachadonga qarab ko‘chishi boshlanadi. Shu vaqtdan homiladorlik boshlanadi desak ham bo‘laveradi.

Homiladorlikning 3-haftasida

Homiladorlik ilk haftalarida ovqatlanish tartibi qiyin masala hisoblanadi, chunki homilaning har xil organlari shakllanib boradi va vitamin-minerallarning nisbati ham shunga yarasha o‘zgarishi kerak. Homiladorlikning 3 haftasida tuxum hujayraning implantatsiyasi boshlanadi va yo‘ldosh shakllana boshlaydi. Ularning shakllanishi uchun kalsiy zarur bo‘ladi, sut va sut maxsultlari, brokkoli, yaxshil sabzavotlar va meva sharbatlarida esa kalsiy miqdori ko‘p. bundan tashqari marganes mikroelementi kurka go‘shti, bodomda, ovsyanka, tuxum, banan, sabzi va shpinatda ko‘p saqlanadi.

Homiladorlikning 4-haftasida

Homiladorlikning 4-haftasi ham uchinchi hafta kabi ovqatlnishga rioya qilish bilan o‘tadi. Lekin bu davrda kofe ichishni qat’iyan to‘xtatish lozim. Ayniqsa tungi vaqtda kofe ichish mumkin emas. Ko‘rib turganingizdek, homiladorlikning birinchi haftasida ovqatlanish tartibi qiyin emas. Keyingi davrlarda esa biroz qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin.

Homiladorlikning 5-haftasida

Odatda bu davrda homiladorlarda toksikoz boshlanadi. Bu holatni yengillashtirish uchun kunlik ovqatlanishni biroz o‘zgartirish kerak.go‘sht, tuxum va boshqa hayvon oqsillarini, yong‘oq, soya va shu kabi dukkali mahsulotlarga almashtirish lozim. Sut o‘rniga yogurt va pishloq iste’mol qilish mumkin. Ovqat ratsioni tarkibiga sabzi, mango va abrikos qo‘shsa bo‘ladi.

Homiladorlikning 6-haftasida

Toksikozning avj olgan paytlari. Shuning uchun tongda suxariklar yoki shirin bo‘lmagan krekerlar iste’mol qilgan yaxshiroq. Bu davrda ko‘proq suyuqlik ichish tavsiya etiladi, bir kunda minimum 8 stakan.

Homiladorlikning 7-haftasida

Bu davrda homilador ayolning ichaklarida muammolar boshlanadi. Gaz paydo bo‘lishiga olib keluvchi maxsulotlar iste’molini cheklash zarur, masalan karam. Yaxshisi qora olxo‘ri va kefir ichishni ko‘paytirish kerak.

Homiladorlikning 8-haftasida

Imbir choyi toksikozni yengillashtiradi, yong‘oqlar ham bu davrda foydali.

Homiladorlikning 9-10-haftasida

Bu davrda bug‘doydan qilingan kashalar va qattiq bug‘doy nonlaridan iste’mol qilish zarur. Umuman olganda bu vaqtda organizmga ko‘proq kletchatkalar kerak bo‘ladi.

Homiladorlikning 11-12-haftasida

Birinchi homiladorlikning uch oyligi tugaydi. Bu davr eng qiyin bo‘lgan vaqt hisoblanadi va o‘ziga xos ovqatlanish tartibini talab qiladi. Bunda ayol organizmiga “quloq solishi” kerak. Qanday maxsulotni iste’mol qilishni xohlasangiz aynan shu maxsulot tarkibidagi oziq moddalar farzandingizga yetishmayotgan bo‘ladi, shuning uchun yegingiz kelgan narsalarni iste’mol qiling, albatta me’yorni ham unutmang.

Homiladorlikning 13-16-haftasida

Ikkinchi uch oylikda yuqorida keltirib o‘tilgandek oqsillarga boy bo‘lgan maxsulotlar iste’molini ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari sutkalik ovqat kaloriysini ham oshirish kerak. Agar birinchi uch oylikda 2400-2700 kKal energiya yetishayotgan bo‘lsa, bu davrga kelib esa 2700-2900 kKal energiya talab etiladi.

Homiladorlikning 16-24-haftasida

Homiladorlikning 6 oyida tug‘ilajak farzandingizning ko‘rish va eshitish organlari shakllana boshlaydi. Demak, homiladorlarga A vitamin va betta-karotin moddasi kerak bo‘ladi. Bu davrda ko‘proq karam, sariq bulg‘or qalampiri, sabzi iste’mol qilishni ko‘paytirish kerak. A vitamin yog‘da erib so‘rilishini ham unutmaslik kerak.
Homiladorlikda ovqatlanish

Homiladorlikning 24-28-haftasida

Bu davrga kelib bachadon o‘sishi kuzatilib, qorin bo‘shlig‘ida ko‘proq joy egallay boshlaydi va oshqozonni siqib qo‘yadi. Buning natijasida esa oshqozon hajmi kichrayib, kamroq miqdordagi ovqatni sig‘dira oladi. Hatto homilador ayol kam-kamdan ovqat iste’mol qilsa ham jig‘ildon qaynashini sezadi. Gazlangan ichimliklar va kofedan voz kechish kerak bo‘ladi, ular ham jig‘ildon qaynashini chaqiradi.

Homiladorlikning 29-34-haftasida

Homiladorlikning 8 oyida bolakayning suyak va tishlari shakllanib boradi, shuni hisobga olib bu davrda kalsiyga boy bo‘lgan maxsulotlar iste’molini oshirish zarur. Miya rivojlanishi uchun yog‘ kislotalari zarur bo‘ladi. Aynan shu vaqtda temir yetishmovchiligi onada va homilada anemiya shakllanishiga olib keladi. Yog‘li baliq, yong‘oqlar, qizil go‘sht, sabzavotlar va pista kabi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlikning 35-40-haftasida

Homiladorlikning oxirgi 9-oyida ayol organizmining umumiy quvvatini oshirish zarur. Chunki homilador ayolning oldida qiyin va kuch sarf qilinuvchi – tug‘ish jarayoni kutib turadi. Bu davrda energiya manbai bo‘lib uglevodlar xizmat qiladi., shuning uchun uglevodlarga boy maxsulotlar iste’molini ko‘paytirish zarur. Kasha va meva-sabzavotlar uglevodlarga boy maxsulotlar hisoblanadi.

Mana homiladorlikning barcha davrlarida ovqatlanish tartibi qanday bo‘lishi kerakligi haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz. Endi tongi, tushlikdagi va kechki ovqatlanish ratsionida qanday maxsulotlar bo‘lishi kerakligi haqida misol qilib qilib keltirilgan menyu bilan tanishing:

  1. Qora nondan qilingan suxarik, qora non bilan bir oz saryog‘, tuxum, bir stakan kefir;
  2. “yashil” salatlar, bir stakan choy;
  3. Tovuq go‘shti, yumshoq kartoshka, bitta nok, bir stakan kefir yoki yogurt;
  4. Non bilan biroz murabbo yoki saryog‘, bir stakan sharbat;
  5. Guruchli ovqat, baliq, sabzavotlardan tayyorlangan salat, choy;
  6. Bir stakan kefir yoki biroz mevalar.

Homiladorlar uchun o‘ziga xos ovqatlanish

Yuqoridagilar homiladorlikdagi o‘ziga xos ovqatlanish degani emas, ba’zida homiladorlik vaqtida patologiyalar ham kelib chiqadi va o‘ziga xos ovqatlanish tartibini talab qiladi. Masalan, anemiyada homilador ayol temir ko‘p saqlovchi maxsulotlarni iste’mol qilishi kerak bo‘ladi.
Homiladorlikda ovqat ratsioni

Faqatgina temr saqlovchi maxsulotlarni yeyish bilan gemoglobin miqdorini oshirib bo‘lmaydi, bunda iste’mol qilinayotgan maxsulotlarning nisbati ham katta rol o‘ynaydi. Anemiya kuzatilayotgan homiladorlar shifokor bilan maslahatlashib medikomentoz davo va maxsus dieta haqida ma’lumot olishlari zarur.

Homiladorlik fonida kelib chiqqan semirishda dietaga rioya etish zarur. Shifokor maslahatisiz homilador ayol ozish uchun o‘zi mustaqil ravishda dieta turini tanlamasligi lozim. Bunda ayol organizmi va homila uchun ham patologiyalar kelib chiqish xavfi yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, uzoq muddatga och qolish bilan qilinadigan dieta qat’iyan man qilinadi. Bu esa kuchsizlanish va avitaminozga olib keladi. Shuning uchun shifokor maslaxatini olish tavsiya qilinadi.

Sizga va tug‘ilajak farzandingizga salomatlik tilab qolamiz !

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.