Соғлом оила - соғлом келажак

Homiladorlikda bosh og‘risa…

Bosh og‘rig‘ining bir qancha sabablari bo‘lishi mumkin: gormonal o‘zgarishlar, qon bosimining pastligi, gipertoniya, noto‘g‘ri taomlanish, och qolish, ortiqcha vazn, uyquga to‘ymaslik, jismoniy xorg‘inlik. Bularning hammasi bo‘lajak onada bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Quyida esa unga qarshi choralar bilan bo‘lishdik.

  • Iloji boricha, stress holatini paydo qiluvchi omillardan qoching. Ko‘proq suyuqlik iching. O‘z vaqtida dam oling, ochiq havoda sayr qiling. Shuningdek, kitob o‘qing musiqa eshiting. Sizga yoqimsiz bo‘lgan insonlar bilan esa gaplashmay qo‘ya qoling.
  • Ovqatlanish ratsioningizdan bosh og‘rig‘ini chaqiruvchi sut mahsulotlari, pishloqlar, notabiiy shirinliklardan bezovtalik o‘tgunicha voz keching. Bosh juda qattiq og‘risa, qorningiz ochmasligiga yoki chanqamayotganingizga ishonch hosil qilgandan so‘ng gemoglobinni tekshiring. Qonda qand miqdorini normal holatda ushlab turing, uning tushib ketishi ham boshni og‘ritadi.
  • Migren bilan kurashishda kompresslardan foydalaning. Issiq yoki sovuq suvga botirilgan sochiqni peshonaga yoki bo‘yinga qo‘ying.
  • Tez-tez kontrast dush qabul qiling. Sovuq suvning kengayib ketgan qon tomirlarini toraytirish xususiyati bor. Ayniqsa, sizda gipertoniya bo‘lsa bu usul juda foyda beradi. Agar dush qabul qilish sizga mumkin bo‘lmasa, shunchaki yuzga salqin suvdan sepib yuving.
  • Uqalash ham bosh og‘rig‘iga qarshi samarali vositadir. Bo‘yin yelka ham boshga qo‘shib uqalansa siqilib qolgan qon tomirlari kengayib boshga qon yetib borishi yaxshilanadi va bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lasiz.

Ushbu maqolani o‘qing: Homilasiz homiladorlik bu qanday sinoat?!

ЎҚИНГ:   Homilador ayollar uchun foydali tavsiyalar

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Foydali maslahatlar » Homiladorlikda bosh og‘risa…

loading...