Gemorroy – bu to’g’ri ichak atrofida tugunlarni hosil qiluvchi gemorroidal tomirlarning yallig’lanishi va patologik kengayishi bilan bog’liq kasallikdir. Bu juda keng tarqalgan holat bo’lib, homiladorlikda ham gemorroy kuzatilishi mumkin.
Gemorroyning rivojlanishi asta-sekin – dastlabki bosqichda anusda bezovtalik va qichishish, orqa teshik atrofi og’rishi, ich qotishi, keyinroq – qon ketishi, elastik gemorroidal tugunlarning chiqib qolishi kuzatilishi mumkin.
Homiladorlikda gemorroy kelib chiqishiga sabab bo’ladigan omillar – kamharakat turmush tarzi, noto’g’ri ovqatlanish, progesteron gormoni ta’siri, homila kattalashishining qon aylanishiga ta’siri natijasi tufayli va tug’ruq.
Bu kasallik ko’pincha homiladorlik bilan birga keladi – chaqaloq kutayotgan ayollarning taxminan yarmi undan azob chekishadi.
Vena devorining silliq mushak qavatining bo’shashishi va progesteron ta’sirida biriktiruvchi to’qima tolalarining yumshashi homiladorlik davrida gemaroynning tugunli shakllining tez rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Sog’lom ayollarda gemaroy homiladorlikning ikkinchi yarmida rivojlanishi mumkin, ammo agar irsiy moyillik bo’lsa yoki gemorroy belgilari homiladorlikdan oldin o’zini namoyon qilgan bo’lsa, gemorroy ertaroq – 12-haftadan boshlab rivojlanishi ham mumkin.

Homiladorlikda gemorroy belgilari
Homiladorlik paytida gemorroy ijoylashishiga ko’ra, ichki, tashqi va aralash ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Odatda, homiladorlik davrida gemorroy surunkali bo’lib, minimal og’riqlar bilan kechadi. Ba’zida tez-tez, kuchli orqa teshik atrofida og’riqli hislar, atrofdagi to’qimalarning yallig’lanishi va trombozlangan hududlarning nekrozi bilan o’tkir kechishi ham kuzatiladi. Kasallik rivojlanishida to’rt bosqich ajratiladi, birinchi va ikkinchi bosqichlar ko’proq homilador ayollarda kuzatiladi.
Homiladorlik davrida gemorroyning dastlabki bosqichlari uchun odatda defekatsiyadan keyin paydo bo’ladigan achishish, yengil qichishish, anal atrofida noqulaylik shikoyatlari xarakterlidir. Anus yaqinidagi tashqi gemorroyli ayollarda keng asosli yumshoq elastik shakllanishlar aniqlanadi. Avvaliga ichki tugunlar ko’rinmaydi. Patologik jarayonning rivojlanishi bilan anusdan hojat davomida najas massasi bilan birga qizil qon ham ajraladi. Ba’zi homilador ayollarda qon qabziyat vaqtida oqadi. Doimiy ta’sirlanish xususiyati tufayli atrof terisi qizarib ketadi va qichishadi. Holat kuchaygan sari belgilar yaqqol namoyon bo’lishi hamda tugunlar yuzaga kelishi mumkin.
Homiladorlikda gemorroyni davolash
Homiladorlikda gemorroy kasalligining yengil darajasini davolashning asosiy usullari parhez va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishdir.
Diyeta ich qotishining oldini olish va ichak harakatini tartibga solishga yordam berishi kerak – buning uchun mevalar, sabzavotlar, donlar va sut mahsulotlari tavsiya etiladi. Achchiq ovqat, xamirli ovqatlar va zararli ovqatlarni cheklash kerak.
Gigiyenik muolajalar uchun ho’l tualet qog’ozlaridan foydalanish, hojatdan keyin anusni yuvish tavsiya etiladi. Agar tashqi tugunlar paydo bo’lsa, siz romashka yoki kaliy permanganatning past foizli eritmasi bilan vannalar olishingiz mumkin.
Qonning turg’unligini kamaytirish uchun profilaktik gimnastikani bajarish kerak – uning asosiy mashqlari tos, anus va oyoqlarning mushaklarini rag’batlantirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, kundalik tartibni to’g’rilash, yurish, harakatlanishga ko’proq ahamiyat berish lozim.
Agar bu chora-tadbirlar kerakli natijani keltirmasa, praktolog shifokor tavsiyasi asosida dori-darmonlarni qo’llash mumkin – shamlar (svecha), malhamlar, kremlar.
Ammo shuni esda tutish kerakki, har qanday dori-darmonlarni qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahalashish shart. Homiladorlik paytida, o’z-o’zini davolash va dori-darmonlarni retseptisiz qo’llash mumkin emas.
Homiladorlikda gamroyni davolash uchun konservativ davo samarasiz bo’lsa, jarrohlik talab qilinishi mumkin, lekin odatda homiladorlik davrida u faqat o’ta og’ir holatlarda, proktolog jarrohlar tomonidan amalga oshiriladi. Odatda, jarrohlik zarurati tug’ilsa, operatsiya tug’ruqdan keyingi davrga qoldiriladi.

Tug’ilgandan so’ng, dastlabki ikki oy ichida gemorroy bezovta qilishda davom etishi mumkin, lekin odatda – turmush tarzini normallashtirish, jismoniy faollikni oshirish va mutaxassis tomonidan konservativ davo olib borilgach holat yaxshilanadi. Biroq, homiladorlik paytida gemorroyni “yashirish”ning hojati yo’q – birinchi belgilar kuzatilishi bilan shifokoringizga murojaat qiling!
Bu asoratlarni oldini olishga, noqulay his-tuyg’ularni kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, kasallikni shunga o’xshash alomatlar bilan yuzaga keladigan kasalliklardan ajratib olishga yordam beradi.
Tavsiya etilgan maqola: Homiladorlik va 9 ta kasallik: qanday himoyalanish kerak?
Savol-javob
– Birinchi farzandimni dunyoga keltirish arafasidaman. Hozir homiladorligimning oxirgi oyi. Quvonchimning cheki yo‘q. Biroq meni bavosir kasalligi juda qiynamoqda. Hojatga chiqsam, bavosir tugunlari tashqariga chiqib qoladi va qonaydi. Menga maslahat bering.
– Homiladorlik davrida ham bavosir kasalligiga shifo topsa bo‘ladi. Gemorroy kasalligini davolashda e’tiborni bu kasallikning asoratlari – bavosir tugunlari trombozi, bavosir tugunlari yallig‘lanishining oldini olishga qaratish lozim. Kasallikni davolashda gigiyena qoidalariga e’tibor berish kerak. Bavosir tugunlarini jarohatlab qo‘ymaslik uchun qattiq, sifatsiz hojatxona qog‘ozidan foydalanmang. Har safar hojatga chiqqandan so‘ng orqa a’zoni iliq suvda yuving. Shuningdek, bavosil tugunlarining so‘rilishiga yordam beruvchi turli shamchalardan foydalansangiz ham bo‘ladi. Vannalar ham homiladorlikda gemorroy kasalligida yaxshi yordam beradi.
Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.