Соғлом оила - соғлом келажак

Homiladorlik testi qanday o‘tqaziladi?

Homiladorlik testi homiladorlikni aniqlash uchun eng qulay vositadir. Homiladorlik testidan foydalanishdan oldin unga ilova qilingan yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish zarur.

Hayz siklining qaysi kunida homiladorlik testini o‘tkazish mumkin?

Agar hayz sikli muntazam ravishda bir xil bo‘lsa, u holda testni hayz kechikkan kunida o‘tkazsa bo‘ladi. Ya’ni, hayz 22 mart kuni boshlanishi kerak bo‘lib kelmasa, shu kun yoki undan 1-2 kun keyin testni o‘tkazish mumkin. Bu davrda test natijasi salbiy(homiladorlik mavjud emas) bo‘lib chiqsa, biroz kutish zarur. Hayz kelavermasa, bir necha kundan so‘ng testni qayta o‘tkazsa bo‘ladi. Hayz sikli muntazam bo‘lmagan hollarda testni oxirgi hayz kelgan kunidan boshlab 35-40 kun o‘tgach amalga oshirgan ma’qul. Javob aniqroq chiqadi.

homiladorlikni aniqlash, Homiladorlik testi

Test homiladorlikni tez aniqlay olmasligini sababi, aynan shu oyda ovulyasiya kechroq sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin yoki hayz kutilishi mumkin bo‘lgan kun sanasi adashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Kunning qaysi davrida test o‘tkazgan ma’qul?

Homiladorlikni ko‘rsatuvchi HCHG gormoni miqdori ertalab ko‘paygan bo‘ladi. Shuning uchun tezroq va aniqroq natija uchun testni ertalab, uyg‘ongandan so‘ng ilk siydikdan foydalangan holda amalga oshirish ma’qulroq.

Homiladorlik test aniqlagan javob necha daqiqada namoyon bo‘ladi?

Odatda javob 5 daqiqadan 10 daqiqa oralig‘ida namoyon bo‘lishi kerak. Bu oraliqda hech qanday javob ko‘rinmasa, test notog‘ri qilingan yoki buzuq hisoblanadi.

Homiladorlik testini buzib qo‘yish osonmi?

Homiladorlik testi tayoqchalarini ehtiyotkorlik bilan ushlash lozim. Siydikni tayoqchada ko‘rsatilgan joygacha tekkizish kerak. Siydik tegadigan joyni qo‘l bilan ushlash mumkin emas. Test tayoqchasidagi siydik tegadigan joy quruq bo‘lishi muhim.

Test tayoqchasiga siydikni qanday tekkazish zarur?

Ba’zi test tayoqchalarini toza idishdagi siydikka botirish, ba’zilarini siydik oqimi ostida ushlab turish talab etiladi. Bu haqda testga ilova qilingan foydalanish yo‘riqnomasidan bilib olsa bo‘ladi. Aynan yo‘riqnomada ko‘rsatilgan usulni qo‘llash shart.

Siydikning farqi yo‘qmi?

Siydikni o‘rta qismini testga qo‘llash yaxshiroq. Ya’ni siydikning oz miqdori chiqariladi, keyin o‘rta qismi test uchun qo‘llaniladi.

Agar homiladorlik testi natijasi salbiy chiqsa?

Test natijasi salbiy chiqishi ikki holatdan dalolat beradi.

  • Test juda erta o‘tkazilgan, ya’ni organizmda homiladorlikni ko‘rsatuvchi gormon hali kerakli darajagacha ko‘tarilishga ulgrumagan. Bu holatda bir necha kundan so‘ng testni qayta o‘tkazish mumkin.
  • Homiladorlik yuz bermagan. Bu holatda tez kunda hayz keladi.

Manba: Avitsenna.uz