Homilador bo’lish uchun qanday yotish kerak?

Homilador bo’lish uchun ko’plab yosh ayollar turli xil usullarni “sinab” ko’rishadi, jumladan ularni “Homilador bo’lish uchun qanday yotish kerak”, kabi savollar ham o’ylantirish tabiiy. Shu sababli bugungi maqolamizni homiladorlikni rejalashtirayotgan yosh juftliklar uchun qo’llanma o’laroq yaratdik. Maqola orqali homilador bo’lish uchun jinsiy pozitsiyaning ahamiyati hamda homila yuzaga kelish ehtimolini oshirishi mumkin bo’lgan boshqa bir qancha omillarni ham ko’rib chiqamiz.

Homilador bo’lish uchun ayol qanday yotishi kerak?

Har bir erkak orgazmida yuz millionlab spermatozoidlar chiqarilganda, ovulyatsiya paytida har qanday himoyalanmagan jinsiy aloqa homiladorlikka olib kelishi mumkin. Spermatozoidlar qin ichiga kirsa, ayolda homilador bo’lish imkoniyati yuzaga keladi.

Jinsiy aloqa paytida biron bir jinsiy pozitsiya homilador bo’lish ehtimolini keskin oshirishi ilmiy jihatdan hozircha isbotlanmagan. Spermatozoidlarning tuxum hujayraga yetib borishini ta’minlash uchun ba’zi pozitsiyalar boshqalarga qaraganda unumliroq bo’lishi mumkin. Masalan, missionercha (tepada erkak) va doggy uslubidagi pozitsiyalar (erkakning orqadan yondashuvi) jinsiy olatning ayol a’zosiga chuqurroq kirib borishga imkon beradi, spermani bachadon bo’yniga yaqinlashtiradi, deb qaraladi. Biroq yuqorida ta’kidlanganidek, bu ilmiy jihatdan isbotlanmagan.

Homilador bo'lish uchun
Illutratsiya: surecheck.info

Ayolning tik holda aloqa qilishi tortishish kuchining qarshi ishlashiga sabab bo’ladi. Ammo jinsiy aloqadan keyin tik turish homiladorlik ehtimolini kamaytirmaydi. Sperma juda harakatchan hujayra hisoblanadi. Qin ichiga kirgach, o’rtacha 15 daqiqa ichida bachadon bo’yiga yetib boradi.

Aslida, bunday tadqiqotlar boshqa jinsiy pozitsiyalarni inkor etmaydi. Masalan, ayolning tepada turishi yoki boshqa pozitsiyada bo’lish ham bir xil darajada samarali bo’lishi mumkin. Bu haqda ilmiy isbotlangan tadqiqotlar mavjud emas. Shunday ekan, jinsiy hayotingizning xilma-xilligidan zavqlaning va homilador bo’lishni rejalashtirganda turli pozitsiyalarni sinab ko’ring.

Jinsiy pozitsiyalar haqida mana bu maqola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: Jinsiy aloqa usullari

Jinsiy aloqadan keyin ayol oyoqlarini havoda ko’tarib turish, hatto chalqancha yotish ham urug’lanish yuzaga kelishi uchun bevosita ta’sir etmaydi, biroq bu kabi choralar zarar qilmaydi. Bel umurtqalari ostiga yostiq qo’yish ham spermani to’g’ri yo’nalishda harakatlanishiga yordam berishi mumkin.

Homilador bo'lish uchun
Foto: www.fertilily.com

Homilador bo’lish uchun qachon jinsiy aloqa qilish kerak?

Homilador bo’lishning eng yaxshi vaqti – hayz davrining eng unumdor nuqtasidir ya’ni fertil kunlar. Fertil kunlar odatda ovulyatsiyadan to’rt-besh kun oldin va ovulyatsiya kunini o’z ichiga oladi.

Homilador bo’lishning ehtimoli yuqori davri ovulyatsiyadan ikki kun oldin va ovulyatsiya kuniga to’g’ri keladi. O’sha kunlarda jinsiy aloqa qilinsa, homilador bo’lish ehtimoli yuqori bo’ladi.

Ovulyatsiya paytida ayol tuxumdoni yetilgan tuxum hujayrani chiqaradi. Bu tuxum naychadan pastga tushadi va bachadonga boradi.

Foydali maqola: Ovulyatsiya kunini aniqlash usullari

Bu yo’lda sperma tuxum bilan uchrashadi va uni sperma urug’lantiradi. Sperma taxminan besh kun yashashi mumkin. Agar siz homilador bo’lishni rejalashtirib, harakat qilayotgan bo’lsangiz maqsadingiz ovulyatsiya paytida fallop naychalarida tirik sperma bo’lishidir.

Ovulyatsiyani qanday bilish mumkin. Asosiy usullardan biri hayz sikli kunlarini hisoblashdir. Davringizni kuzatib borish uchun “Lalu – Ayollar kundaligi” mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin.

Jinsiy aloqa muddatining oralig’i ahamiyatlimi?

Tez-tez jinsiy aloqa qilish sperma sifatini va miqdorini kamaytiradi, deb o’qigan bo’lishingiz mumkin. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, sperma 2-3 kunlik jinsiy tiyilishdan keyin to’planganida yaxshiroq sifatga ega bo’ladi. Ayrim tadqiqot natijalariga tayanadigan bo’lsak, har 1-2 kunda jinsiy aloqada bo’lgan juftliklarda homilador bo’lishning yuqori darajasi kuzatiladi.

Kuniga bir marta yoki fertil kunlarda aloqada bo’lish homilador bo’lish ehtimolini oshiradi.

Agar homilador bo’lishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, tez-tez jinsiy aloqada bo’lishga harakat qiling, lekin o’zingizni shu jadvalga majburlamang. Bu keraksiz stressga olib kelishi mumkin. Umuman olganda jinsiy aloqa oralig’ining eng maqbul muddati – bu juftliklarning ixtiyoriga bog’liq.

Homilador bo’lish uchun boshqa maslahatlar

Jinsiy munosabatlarga o’zgartirish kiritish, qanday yotish kerak ekanligini aniqlash homilador bo’lish uchun yagona usul emas. Homiladorlik ehtimolligini oshirish uchun siz yana bir nechta narsalarni o’zgartirishingiz mumkin:

  • Orgazm. Erkak uchun sherigiga homilador bo’lish uchun eyakulyatsiya zarur. Ayolga homilador bo’lish uchun cho’qqiga chiqish shart bo’lmasa-da, orgazm natijasidagi harakati spermani boradigan joyiga yaqinlashtirishga yordam beradi.
  • Og’irligingizni nazorat qiling. Juda og’ir yoki o’ta ozg’in bo’lish homiladorlik ehtimolini pasaytirishi mumkin.
  • Chekmang. Chekish bepushtlik va homila tushishi ehtimolini oshiradi, sperma harakatchanligini kamaytiradi.
  • Kofeinni cheklang. Ko’p miqdorda kofe qabul qilish homiladorlik yuzaga kelishini pasaytirishi mumkin.

Har qanday himoyalanmagan jinsiy aloqa homilador bo’lish uchun yaxshi. Ammo aloqa vaqtini fertil kunlarni nazorat qilib, to’g’ri belgilash va jinsiy aloqani tez-tez o’tkazish muvaffaqiyat qozonish ehtimolini oshiradi.

Agar homiladorlik darhol ro’y bermasa, o’zingizga yoki sherigingizga bosim o’tkazmang. Homilador bo’lish uchun bir necha kutish kerak bo’lishi mumkin ayniqsa, ayol 30 yoshdan katta bo’lsa.

Ammo, agar siz anchadan buyon harakat qilayotgan bo’lsangizu hali ham homiladorlik ro’y bermayotgan bo’lsa, malakali maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling.

Shuningdek, homilador ayollar davrasiga qo’shilib, ulardan hayotiy tavsiyalar olish ham sizga homilador bo’lish yo’lida yordam berishi mumkin. Bu kabi davraga Lalu.uz loyihasining “Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi orqali qo’shilishingiz mumkin.

Foydali maqolalar:

Homiladorlik testi qanday o‘tkaziladi?

Homiladorlikda UTT (UZI), skrining, dopler tekshiruvlari

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

9 comments
  1. Asalomu alaykum bir savolim bor 16da hayz kelgandim kuyovim bilan 25dan boshlab birga bōldi lekin9da Yana hayz kelib qoldi qornim da ozroq oğriq bor erim bilan natō-ri harakat qilib yubordikmi 16da hayz kōrish I’m keragdi

  2. Salom men 7 yanvarda hayz keldi kiyingi bir kaftada homladorlik bilgilari bilindi testni hays Vaqtidan kiyin korarman Digan edim lakin 6 fevralda yana hays keldi midori avvalgilardan oz va 2shi kunin yuqilip keldi avvallari 1haftar kellar edi iltimos maslahat birin

  3. SALOM BIZNI TOYIMIZGA 6 OY BOLDI LEKIN BAZI BIR SABABLARGA KORA 3 OY SAQLANDIM ENDI ESA YANVAR OYIDAN BERI JINSIY ALOQA QILYAPMIZ LEKIN HOMLADOR BOLMAYAPMAN JUDA HAM SIQILIB QOLDIM HAYZ SIKLI MENDA DOYIMGI VAQTDA KELMAYDI KECHIKSA TEST QILAMAN CHIQMAYDI NIMA QILSAM BOLARKIN ?????

  4. Assalom aleykum 2ta farzandim bor 3chisiga harakat qmokchidik spiralimi aprelda oldirgandim hali homilador bomadim avvallari hayzim 5 kun 5kun oldinga surilib kelardi mana 3 oydan beri birhil sanada keladi bu nmadan garmonlar òzgariwidan bòliwi mumkinmi mani buqoĝim bor kop asabiylashaman

  5. Assalomu alaykum. Menda ham savol bor. Erim bilan bôlganimizdan keyin menda juda kuchli oğriqlar bôladi qornimning pasgi qismida orqamda belimda. Jinsiy azomda ham ogriq boladi pasga tortishib ogridi buni nimadan bolishi mumkin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

Related Posts
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.