Соғлом оила - соғлом келажак

Homilador bo‘lishga ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar

1. Ismaloqni bug‘da pishiriladi hamda yarimta limon sharbati qo‘shib, salat tayyorlanadi. Kuniga bir likopcha miqdorida yeyish lozim. 2. Yog‘siz sut, yogurt va qatiq.homiladorlik ovqatlanish qoidalari 3. Qaynatilgan yoki konservalangan loviya. Turli xil salatlar tayyorlasa bo‘ladi. 4. Qovoqni bug‘da pishirib, pyure tayyorlab, sut yoki pishloq bilan aralashtirsa, mazaliroq bo‘ladi. 5. Brokkoli karamini bug‘da pishirib, o‘simlik yog‘i va tuz qo‘shib iste’mol qilinadi. 6. 50 gr. bug‘doy yormasiga 200 ml. qaynagan suv quyib, limon sharbati qo‘shiladi-da, ezilguniga qadar pishiriladi. So‘ng pomidor, piyoz, zaytun moyi bilan aralashtirib, dasturxonga tortiladi. 7. Lavlagini har qanday ko‘rinishda iste’mol qilaverish mumkin. 8. Karam hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga organizmni vitaminlar bilan ta’minlaydi. 9. Pomidorni o‘zingizga qulay ko‘rinishda iste’mol qilavering, foydali jihatlarini sanab adog‘iga yetish qiyin. 10. Pista, yong‘oq, bodom, funduk kabilarni bir kunda 50 gr.dan kam bo‘lmagan miqdorda tanovul qilish tavsiya etiladi. 11. Limon hamda qovun. Yangi uzilganidan iste’mol qiling. 12. Chakanda va klyukvadan sharbat tayyorlang hamda shakar o‘rniga asal qo‘shib iching. Manba: Darakchi.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.