Homilador ayollar uchun xavfsiz sayohatning 9 ta asosiy qoidasi

Odatda homilador ayollarga yaxshi dam olishni, vitaminlarni ko‘proq iste’mol qilishni, ko‘proq sayrga chiqib, ijobiy hissiyotlarni olishni maslahat berishadi. Albatta, uyda divanda yotib yoki ofisda ishda bunga erishish amrimahol. Demak, ta’tilga chiqish va muhitni o‘zgartirish kerak. Ammo bo‘lg‘usi onaga ko‘p narsalar to‘g‘risida oldindan qayg‘urish zarur bo‘ladi.

sayohat va homiladorlik

Ginekologdan ruxsat so‘rang

Avvalambor, yo‘llanma va chiptalar sotib olishdan oldin, sizga qarayotgan ginekolog huzuriga borib, undan sayohatga ruxsat olish zarur. Odatda, agar homiladorlik normal kechayotgan bo‘lsa, bunda g‘ovlar uchramaydi. To‘g‘ri, agar siz ikkinchi trimestrga yetmagan bo‘lsangiz yoki undan o‘tgan bo‘lsangiz, unda uydan uzoqqa ketmaganingiz yaxshi.

Qulay vaqtni tanlang

Sayohatlar uchun qulay vaqt homiladorlikning 14 dan 28 gacha bo‘lgan haftasi hisoblanadi. Bu davrda sizni toksikoz qiynamaydi, qorningiz ham xalaqit bermaydi, shuningdek bola tashlash xavfi kamayib, vaqtidan oldin tug‘ib qo‘yish xavfi bo‘lmaydi. Bunday xulosalarni faqat ginekologingiz qilishi mumkin, albatta.

Maksimum xordiq, minimum xorg‘inlik

Homilador ayol uchun sayohat ekstremal bo‘lmasligi (hech qanday baydarkalar, alpinizm va ko‘p kunlik yurishlarga o‘rin yo‘q) va insonparvarlik missiyasiga o‘xshamasligi (hozircha Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi sizsiz ham ishlarini bitkazishadi) zarur. Masimum xordiq va minimum xorg‘inlik – ana shular tanlamoqchi bo‘lgan yo‘nalishingizning asosini tashkil etishi kerak bo‘lgan tamoyillardir.

Yo‘lga nima olish kerak

Sayohatga, albatta oxirgi analizlar va boshqa tadqiqotlar natijalarini, tibbiy kartadan ko‘chirma, ginekologingizning aloqa telefonlarini olishingiz zarur. O‘zingiz bilan qabul qilayotgan dori-darmonlaringizni (mahalliy dorixonalarning assortimentiga umid bog‘lamagan ma’qul) olishni unutmang. Buning ustiga xorijda sizdan o‘zingizda reseptsiz sotib olinadigan doriga resept so‘rashlari mumkin.

Sug‘urta

Homilador ayollarga yordam sizning sayyohlik sug‘urtangizga kirish-kirmasligini tekshirib ko‘ring. Agar kirmasa, boshqa sug‘urta kompaniyasini topishga harakat qiling. Omadingiz chopmasa, bunga xafa bo‘lib o‘tirmang. Sug‘urtachilar xavfli guruhga kiruvchi mijozlar bilan muloqot qilmaslikka harakat qilishadi.

Chiptadan tejab qolmang

Eng qiyini – xordiq chiqaradigan joyga eson-omon yetib olish. Chiptadan tejab qolmang. Agar poyezdda jo‘nasangiz faqat kupega chipta oling, agar mashinada ketsangiz, unda salon kengroq bo‘lishi kerak.

Samolyotlar haqida esa alohida to‘xtalib o‘tamiz! Ko‘pgina aviakompaniyalar homilasi yetti oydan oshgan homilador ayollarga chipta sotishdan bosh tortishsada, parvozlar to‘lg‘oqni muddatidan oldin qo‘zg‘ata olmaydi. Ammo baribir ba’zi xavfsizlik choralarini ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

Samolyot bortida o‘zini tutish qoidalari

Parvoz paytida organizmingiz suyuqlikni tez yo‘qotadi, bu siz uchun ham, homilangiz uchun ham xavfli. Shu bois har soatda yarim litrdan suv yoki sharbat ichishingizga to‘g‘ri keladi. Sizni biznes-sinf hojatxonasiga qo‘yishlari to‘g‘risida styuardessalar bilan oldindan kelishib oling, u yerda navbatlar bo‘lmaydi.

Ehtiyot bo‘ling, mikroblar!

Umumiy sochiqlardan foydalanmang, o‘zingiz bilan qog‘oz sochiqlarni oling. Samolyotdagi toza havo – bu nisbiy tushuncha. Boshqacha qilib aytganda, kimdir salon oxirida aksirgan bo‘lsa, tez orada mikroblar sizgacha yetib kelishiga ishonavering. Shuning uchun 8 qatlamli doka niqobni taqib oling. U begona mikroblardan muhofaza qilib qolmasdan, tiqilinchlardan qochish imkonini ham beradi, chunki ko‘pgina fuqarolar niqobdagi odam yuqumli kasallik manbai ekaniga ishonchlari komil.

O‘zingiz bilan olinadigan buyumlar

Yangi muhitga o‘tish uchun o‘zingiz bilan issiq va keng kiyimlar, orqangizga qo‘yish uchun kichikroq yostiq va bo‘yningizni ushlab turuvchi maxsus “yoqa”ni oling. Har doim xavfsizlik kamaridan foydalaning, ammo uni qorningiz ustidan emas, uning ostidan taqing. Umuman olganda esa, transportda o‘zingiz uchun qulay joylarni, navbatsiz o‘tishni va mehmonxonada yoqmagan xonani almashtirib berishlarini talab qiling. Xordiq sizda faqat ijobiy hislarni tug‘dirishi kerak.

Manba: Generation.uz

Tarjima: Dnk.uz

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

Related Posts
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.