Соғлом оила - соғлом келажак

Homila tushgach keyingisining kechikishi normal holatmi?

Turmush qurganimga ikki yil bo‘ladi. Birinchi homilam uch oyligida tushib qolgandi. Olti oydan so‘ng yana homilador bo‘lishingiz mumkin deyishgan. Lekin hech qanday o‘zgarish bo‘lmayapti. Birinchi homila tushgach, keyingisining orasi uzayishi normal holatmi?

Nilufar Bo‘stonova, akusher-ginekolog:

Ha, bu normal holat. Organizm qayta tiklanishi uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. Agar sizda hayz sikli me’yorida bo‘lib, ajralmalar, og‘riq va shu kabi boshqa bezovtaliklar bo‘lmasa, yana homilador bo‘lishingiz mumkin. Birinchi homiladorlikdan so‘ng davolangan bo‘lishingiz lozim. Agar muolaja tugallanmagan bo‘lsa, uni yakuni yetkazib, tibbiy tekshiruvdan o‘ting. So‘ng homiladorlikni rejalashtirsangiz ham bo‘ladi.

Manba: Sugdiyona.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.