Sog'lom oila - sog'lom kelajak

Homila qimirlashiga qarab jinsini aniqlash mumkinmi?

Maqola orqali homila qimirlashiga qarab jinsini aniqlash shuningdek, homila jinsini aniqlashning boshqa noan’anaviy usullari haqida ham ma’lumot berib o’tamiz.

Harakat – homilaning birinchi muhim belgisi. Bu harakatlar ona va bola bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan homiladorlik davrida amalga oshiriladi. Homila harakati, shubhasiz, homilador ayol uchun katta quvonchdir. Birinchi kichik zarbalarni sezgan ayol, bu nima ekanligini darhol anglamasligi mumkin, lekin ichidagi kichkina odamning harakatlarini chuqur his qilganda, bu tasvirlab bo’lmaydigan tuyg’ularni hech narsa bilan solishtirib bo’lmaydi.

Homila qimirlashiga qarab jinsini aniqlash

Homiladorlik paytida homilaning harakati onaning nima yeyishiga bog’liq emas, lekin ko’p ayollar, agar bir stakan sharbat ichsangiz yoki shirin narsa iste’mol qilsangiz, harakat kuchayadi, deb da’vo qiladilar. Ehtimol, bu ovqatlar bolani uyg’otishi mumkin. Shuningdek, yosh onalarda homila qimirlashiga qarab jinsini aniqlash mumkinmi kabi savollar ham uchrab turadi. Demak, bolaning qimirlashi bola jinsini aniqlash uchun asos bo’loladimi?

Bolaning harakati: birinchi harakat chap tomonda sezilsa, qiz bo’ladi, o’ng tomonda sezilsa esa, o’g’il bola jinsli farzand rivojlanadi, degan fikr mavjud. Bundan tashqari quyidagicha fikr ham mavjud: qiz onasining jigariga, o’g’il bola esa siydik pufagiga «uriladi».

Agar egizaklar rivojlansa, homila harakatlari hamma joyda seziladi va juda kuchli bo’ladi. Bachadonda ikkita homila rivojlanayotgani tasdiqlansa, ultratovush shubhalarni ketkazishi mumkin, albatta.

Homilador ayolning qorni «uchli» bo‘lib, bel sohasida to‘lishish kuzatilmasa, o‘g‘il tug‘iladi deyishadi. Qiz farzand kutilayotganida esa bo‘lajak ona qorni dumaloq ko‘rinish olar ekan.

Xo‘sh, tug‘ilajak farzand jinsini aniqlashning homila qimirlashi hamda qorin shaklidan boshqa yana qanday usullari bor? Talab va takliflaringizga binonan bu borada quyida sizga yordam beruvchi usullar bilan tanishtiramiz.

Homiladorlar uchun foydali mobil ilova: Lalu – Homiladorlik kalendari

Qon tarkibining yangilanishiga ko’ra…

Ayrim tibbiy xulosalarga ko‘ra, qon tarkibining yangilanishi farzand jinsiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qon yangilanishi erkaklarda har 4 yilda, ayollarda esa har 3 yilda sodir bo‘ladi. Farzand jinsini aniqlashda ayol yoshini 3 ga, erkak yoshini 4 soniga bo‘lasiz. Masalan, otaning yoshi 29 da bo‘lsa, shu sonni 4 ga bo‘lasiz. Ayol 23 yosh desak, 3 ga. Natija ayol yoshidan katta bo‘lsa, qizaloq, erkak yoshida ustunlik qilsa, o‘g‘il tug‘iladi.

Matematik tenglama usuli

Juda oddiy mazkur formula yordamida farzand jinsini taxmin qilish mumkin. Diqqat qiling: (X+U+M+3)/2. Bunda X — ayolning to‘liq yoshi, U — tug‘ilgan oyi, M — homiladorlik yuzaga kelgan vaqt, 3 soni shartli qo‘shimcha. Masalan, 22+7+9+3=41:2=30,5. demak, qiz! Agar hisob natijasi toq son chiqsa, o‘g‘il tug‘iladi.

O‘QING:  Homiladorlikda qatiq ichish uchun 10 ta sabab

Er-xotin munosabatining homila jinsiga ta’siri bormi?

Chaqaloqning qosh-ko‘zlari otasinikiga o‘xshash bo‘lsa, «Eringizni juda sevarkansiz-da. Xuddi o‘zi-ya!» deyishadi. Aslida esa qizlar otasiga, o‘g‘il bolalar esa onasi yoki uning qarindoshlari, ya’ni tog‘alariga o‘xshash bo‘ladi. Bu shunchaki genetika. Jinsiy hayot tarzidan kelib chiqqanimizda esa o‘zaro munosabatlar uyg‘unligiga ko‘ra tug‘ilajak farzand o‘g‘il yoki qiz bo‘lishini aniqlasa bo‘ladi. Masalan:

O‘g‘il tug‘ilishini istaganlar biroz tanaffus bilan jinsiy yaqinlikni amalga oshirganlari ma’qul. Qiz farzandda esa homiladorlikdan avval jinsiy yaqinlik tez-tez takrorlangani kuzatiladi.

Homiladorlik ovulyatsiya kunlari yuzaga kelsa, o‘g‘il tug‘ilish eqtimoli ortadi. Ovulyatsiya kunlaridan keyingi homiladorlikda esa qizaloq dunyoga keladi, deyishadi.

O‘g’il tug’moqchimisiz, sut ichmang!

Fransuzcha parhez nomi bilan tanilgan usulni homiladorlikni rejalashtirishdan ikki oy avval, navbatdagi hayz siklidan qo‘llang.

O‘g‘il tug‘ilishi uchun: taomnomangizda kartoshka, go‘sht, banan, qo‘ziqorin, apelsin, xurmo kabi mahsulotlar bo‘lishiga ahamiyat bering. Sho‘r yeguliklarni ham bemalol qo‘shish mumkin. Xom karam, barcha turdagi yong‘oqlar, loviya, salat bargi hamda sutni vaqtinchalik cheklab turing.

Qiz tug‘ilishi uchun: baqlajon, qizil lavlagi, bodring, no‘xat, piyoz, bulg‘or qalampiri ayni muddao. Sut-qatiq mahsulotlari ham koni foyda. Ko‘nglingiz tusasa qam, sitrus mevalar, kartoshka chipslari va olxo‘ridan vaqtinchalik voz kechishga to‘g‘ri keladi.

Parhez faqat yuqoridagi mahsulotlar bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Odatdagidek taomlanishingiz mumkin. Yagona sharti, tavsiya etilgan mahsulotlar miqdori ko‘paytirilsa bo‘lgani.

Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot →

Qishdami yoki yozda?

Ba’zi manbalarda o‘g‘il tug‘ilishi uchun homiladorlikni bahor-yoz mavsumiga reja qiling deyiladi. Gap shundaki, erkak spermatazoidi harorat o‘zgarishlariga ta’sirchan bo‘ladi. Shu sababli ham sovuq mavsumda yuzaga kelgan homiladorlikda asosan qizaloqlar dunyoga keladi.

Bordiyu homiladorlikni kuzning oxiri yoki qishga mo‘ljallayotgan bo‘lsangiz, juftingiz issiq ich kiyim kiyishi, oyoqdan zax o‘tmasligiga e’tibor berishingiz lozim.

Xalqona usullar

Ayol homiladorlikning ilk kunlaridan injiq va salga arazlaydigan bo‘lib qolsa, qiz tug‘iladi deyiladi. O‘g‘il bolalar esa tug‘ilmasidanoq jiddiy. Onalari kayfiyatida qech qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘lishmaydi.

Aytishlaricha, homilador ayol ko‘p vaqt chap yonboshida uxlasa, o‘g‘il ko‘radi. O‘ng yonboshini ma’qul ko‘rganlarda esa qiz bo‘lar ekan.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida kuchli toksikoz kuzatilsa, qizaloq sho‘xligi deb biling. Bu davrda jiddiy bezovtaliklar kuzatilmasa, demak, o‘g‘il kutayotgan bo‘lasiz.

Yana bir qiziqarli usul bor: juftingiz homiladorlik vaqtingizda to‘lishib qolmadimi? Biroz vazn orttirgan bo‘lsa, o‘g‘ildan, o‘zgarish bo‘lmasa, qizdan deyishadi.

Homilador ayoldan «Qo‘lingni ko‘rsat» deb so‘raladi. Agar u qo‘l kaftining ustini ko‘rsatsa, qizaloq daragi, ichki tarafi bilan javob bersa, o‘g‘il dunyoga kelishini bilish mumkin.

Homiladorlikda qanday yotish kerak? →

Xitoy kalendari

Mazkur taqvim yordamida bo‘lajak farzandingiz jinsini taxminan bilib olishingiz mumkin. Diqqat qiling, jadval uzunasiga homilador ayolning yoshi, eniga esa homiladorlik yuzaga kelgan oy sanasi berilgan.

homila jinsini aniqlash

Yoshingiz ko‘rsatilgan qatorni topgach, uni hayz ko‘rish kechikkan yoki homiladorlikning ilk belgilari kuzatilgan oy sanasini birlashtirasiz.

O‘QING:  Homiladorlikda ovqatlanish tartibi: haftalik va davrlarida ovqat ratsionini tuzish

Ayol mijoziga ham bog’liqmi?

Bo‘lishi mumkin! Ruhshunoslar fikricha, fe’l-atvoriga ko‘ra yetakchi, faol serg‘ayrat, o‘ziga ishonchi baland, qat’iyyatli ayollar ko‘proq o‘g‘il ko‘rishga moyil bo‘lishadi. Chunki bu toifa ayollar organizmida testesteron gormonining miqdori yuqoriroq bo‘ladi.

Bu esa urug‘lanish jarayoniga ta’sir etadi, deyishadi. Qolaversa, ruhiyatiga ko‘ra ham o‘g‘il tug‘ilishini istashadi. Kamgap, tortinchoq ayollarda esa qiz tug‘ilish foizi yuqoriroq bo‘ladi.

Qizaloqlar uchun shirinlik

O‘g‘il ko‘rishni istaganlar homiladorlikni rejalashtirishdan avval sho‘r yeguliklarga urg‘u berishlari maslahat beriladi. Qizaloq ko‘rishni istaganlar esa ko‘proq shirinlik iste’mol qilishlari lozim. Bu organizmning o‘ziga xos xususiyati.

Agar homiladorlik davri qo‘l va oyoqlarda shish kuzatilsa, qizlik bo‘lasan deyishadi. Aslida esa o‘g‘il ko‘rgan ayollarda qo‘l-oyoqlarda shish ko‘proq kuzatiladi.

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari →

Quloq tuting…

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifokor huzuriga kelganingizda maxsus eshituv moslamasi bilan homila yurak urish maromi tekshiriladi. Ilmiy tilda yozilgan jumlalarni ajratib olishda quyidagi izohga diqqat qiling.

Agar homila yurak urishi daqiqasiga 140 tadan yuqori bo‘lsa, qizaloq. 140 dan kam marom aniqlansa, o‘g‘il dunyoga keladi.

Shifokor ko’rigida…

Homila jinsini aniqlash imkoni zamonaviy tashxis qurilmalari yordamida muammosiz o‘tkaziladi. Shifokorlar 23 haftalik homila jinsini aniq aytishlari mumkin. 15-16-haftalikda o‘tkazilgan UTT tekshiruvi ham taxminiy xulosani ko‘rsatishi mumkin. Biroq bunda aniq to‘xtamga kelish biroz mushkul.

Homiladorlikda UTT (UZI), skrining, dopler tekshiruvlari →

Ayolning yoshi homila jinsini aniqlashda ahamiyatlimi?

Ba’zilar ayol qancha yosh bo‘lsa, o‘g‘il ko‘rish eqtimoli ortadi. Yosh kattalashgan sari qiz tug‘ilishga moyillik yuzaga keladi, deb o‘ylaydi. Aslida esa bu taxmin, xolos. Zero farzand jinsi kam hollarda ayol yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Yevropalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan tenglamaga ko‘ra ayol yoshi bilan bog‘liq hisob-kitob amalini bajarish mumkin.

Homilador ayolning to‘liq yoshi, homila yuzaga kelgan oy (raqam bilan) va yana qo‘shimcha bir soni. Masalan: Ayol 32 yosh va aprel oyida homilador bo‘ldi. Bunda 32+4+1=37. Natija toq son. Demak, tug‘ilajak farzand pahlavon. Agar juft son hosil bo‘lsa, holva kutayotgan bo‘lasiz.

O‘g‘il kutayapsizmi yoki qiz, muhimi, suprasidan quruq qo‘ymasin, azizlar! Chaqalog‘ingizni eson-mon bag‘ringizga bosishingizni tilab qolamiz!

Diqqat! Yuqorida ta’kidlab o’tilgan, homila jinsini aniqlash usullari aniq tibbiy tavsiya o’rnida ishlatish uchun asos hisoblanmaydi!
Maqola ma’lumot o’rnida, umumiy tanishish maqsadida taqdim etilmoqda!

Dnk.uz

Homiladorlar uchun mashqlar va eng foydali mashg‘ulotlar →

Samira ULUG‘BЕKOVA tayyorladi.
«Sug’diyona» gazetasi.

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Изоҳлар

  1. Yo'ldosheva Manzura

    Skriningda 16 haftalik homilaning jinsini aniq aytib beroladimi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.