Qizimning yoshi 25 da, hali turmushga chiqmaganman. Unda hayzning birinchi kuni juda og‘riqli kechadi. Hayz sikli 18 kundan iborat. Bundan tashqari, doimiy ajralmalar kelib turadi, ular faqat hayz davri boshlanishiga yaqin to‘xtaydi. Qanday tekshiruvlardan o‘tishi kerak?
<h3>Laylo Hakimova, ginekolog:</h3>
Avvalo sizdagi gormonal statusni aniqlash kerak, fiziologik tuzilishga qarab ham ayrim xulosalarni aytish mumkin. Hayz sikli 18 kundan iboratligining o‘zi organizmda gormonal o‘zgarish borligidan darak beradi, hayzning og‘riqli bo‘lishi ham shundan. Follikula stimullovchi (FSG), lyuteinlovchi (LG), testosteron, prolaktin, estradiol gormonlarini aniqlash uchun hayz siklining 5-7-kunlari qon topshiring. Rostdan ham biror gormon oshib ketgan bo‘lsa, endokrinolog maslahati bilan uni korreksiya qilish darkor. Ajralmalarni esa ginekolog huzuriga tashrif buyurish bilan bartaraf etish mumkin.