Соғлом оила - соғлом келажак

Hayz kunlari ko‘kraklardagi og‘riqqa sabab nima?

Hayz ko‘rgan kunimdan boshlab, 2-3 kun ko‘kraklarim bilan birga jinsiy a’zolarda ham tortishib og‘rish kuzatiladi. Ba’zida og‘riqning zo‘ridan bir necha preparatlar ichib yuboraman. Ayting-chi bu holat jinsiy a’zolardagi shamollashmi yoki ko‘krklardagi yallig‘lanishmikan?

Nigora Mahmudova, mammolog:

Ayol organizmida tuxumdonlar, qalqonsimon bez, buyrak osti bezlari va sut bezlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Shu sabab tuxumdonda yallig‘lanish bo‘lsa ko‘kraklarga ham ta’sir etadi. Ginekolog shifokorga uchrab, qindan surtma oldirib, tuxumdonlarni UTT tekshiruvini o‘tkazing. Agar jinsiy a’zolarda jiddiy o‘zgarish aniqlanmasa, mammologga uchrab, mammografiya qilish orqali ko‘kraklarda yallig‘lanish bor-yo‘qligi aniqlanadi.

Manba: Sugdiyona.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.