Moyak atrofidagi tunica vaginalisning visseral va pariyetal pardalari orasidagi suyuqlik miqdorini ko‘payib ketishiga gidrosel deyiladi. Aslida juda kam miqdorda suyuqlik bo‘ladi, bu suyuqlik moyaklarni ba’zi tashqi ta’sirlardan saqlash va bemalol harakatlanishini ta’minlaydi.
Suyuqlik bir tarafdan ishlab chiqariladi va bir tarafdan so‘riladi shu holat muvozanatda bo‘ladi. Agar so‘rilishni buzilishi ro‘y bersa gidrosel rivojlanadi. Odatda moyak pardalari atrofida bo‘lganidek, funiculus atrofida ham suyuqlik toplanishi mumkin bu holatda funikulyar gidrosel deyiladi. Aholi orasida bu kasallik 1% uchraydi.
Gidrosele sabablari
Bolalarda ham kattalarda ham uchrashi mumkin. Gidrosel birlamchi, bolalarda processus vaginalisni bekilmasdan qolishi bo‘lsa, kattalarda esa idiopatikdir. Bundan tashqari moyak buralib qolishi, orxit, travma va o‘sma holatlarida ikkilamchi rivojlanadi bunday holatlar o‘tkir gidrosel deb baholanadi. Kamdan kam holatlarda inguinal varikoselektomiya yoki churralarni operatsiyasidan so‘ng ham rivojlanadi.
Tashxis
Obe’ktiv ko‘rikda qo‘yiladi. Yorg‘oqda og‘riqsiz shish topiladi, orqadan nur berilganda nurni o‘tkazadi. O‘sma holatlarida nur o‘tmaydi. UTT tashxisni yanada aniqlashtiradi.
Gidrosele belgilari
Yorg‘oqda shish, og‘riqsiz, vaqt mobaynida ortib boradi. Shishni katta kichikligiga yoki og‘riq bor yo‘qligiga, kosmetik ta’siriga qarab yo nazoratga olinadi yo davolanadi. Bolalarda tugulgandan so‘ng qorin ichi bosimni ortishi bilan ko‘zga tashlanadi churra bilan birga va alohida uchrashi mumkin. Agar churra bilan birga kelsa davolash kerak bo‘ladi. Faqatgina gidrosel bo‘lsa 2 yoshgacha kutish tavsiya etiladi, juda katta bo‘lmagan o‘lchamlarda.
2yoshdan keyin qaytmaganlarini ochiq jarrohlik usulida davolanadi.
Gidrosele kasalligini davolash
Xirurgik va xirurgik bo‘lmagan ikki xil usul davo mavjud. Xirurgik bo‘lmaganlarga kuzatuv, suyuqlikni aspiratsiyasi va skleroterapiya usullaridir. Xirurgik bir necha usullari mavjud bo‘lib eng ko‘p vinkelman usuli foydalaniladi.
Aspiratsiyani bir necha bor qaytalash xavfi yuqoriligi uchun odatda bajarilmaydi. Skleroterapiya ancha keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay tuzalib ketish ehtimoli 36-100%dir.
Ochiq xirurgik operatsiyalar bolalarda va kattalarda farqlidir. Bolalarda odatda chov sohasidan ochiladi va bira to‘la churra bor yo‘qligini ham tekshirilib, bo‘lsa tuzatiladi.
Kattalarda yorq’oqni o‘zi bo‘ylama yoki ko‘ndalang kesma bilan ochilib suyuqlikni bo‘shatib qayta hosil bo‘lmasligi uchun turli usullardan foydalaniladi.
Qaytalanish ehtimoli juda kam.
Odatda operatsiya 30-60minut davom etadi, jarohatda rezina drenaj qo‘yiladi va 24-48 soat ichida olib tashlanadi, bemor 1-2kun shifoxonada qolishi mumkin.
Gidrosele asoratlari
Juda kam bo‘lsa ham quyidagi asoratlar uchrab turadi: qonash, gematosel, piyosel, jarohat infeksiyasi, epididimoorxit, scrotal absets, sepsis, bepushtlik. Bundan tashqari anestiziologik asoratlar ham uchrashi mumkin.
Bu holatdan bemorlar operatsiya oldi suhbat tushuntiriladi va rozilik xati olinadi.
Operatsiyadan keyin:
So‘rilib ketmaydigan iplar 7 kunga kelib olinadi va shundan so‘ng cho‘milishga ruxsat beriladi. Plavka, tarz ich kiyim tavsiya etiladi (1 hafta), proflaktik maqsadda 7-10kun antibiotiklar, og‘riqsizlantiruvchilar va yallig‘lanishga qarshi dorilar olinadi. Tabletka shaklida olinsa yaxshiroq bo‘ladi.
Kasallikni belgilari 1-2oyda batamom o‘tib ketadi, rutin (majburiy) nazorati yo‘q.
Mutaxassis: Murodov Zarifjon
Manba: Andrology.uz