– Assalomu alaykum! Homiladorlikda gidronefroz qanday kasallik hisoblanadi? Homilador ayolda gidronefroz aniqlansa nimalar qilish kerak? Homila uchun yoki tug‘ish davri yaqinlashgan sayin bu xavflimi? Javob uchun oldindan rahmat!
Abdulxayev Fayzullo, urolog, androlog, seksopatolog:
– Homiladorlik gidronefrozi homiladorlik davrida bachadon kattalashishi sababli yuz beradi. Kattalashgan bachadon siydik yo‘lini to‘sib qo‘yadi va buyrak kattalashadi. Odatda gidronefrozda qaysi tomonda o‘zgarish bo‘lsa, shu tomonda pastga tortuvchi og‘riq bo‘ladi, og‘riq son va qov sohasiga uzatiladi , qorin pastki qismida og‘irlik seziladi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayd qilish kuzatiladi. Gidronefroz belgilari juda ko‘p va keng. Shuning uchun belgilari aynan shu belgilar bilan chagarlanib qolmasligi mumkin. Belgilari kasallikning qanday namoyon bo‘lishiga bog‘liq.
Gidronefrozni diagnostika qilish uchun homiladorlik davrida rentgen mumkin emas. Asosan UZI, qon bioximik tahlili, siydik tahlili va siydikni bakteriologik tekshirish uchun ektiriladi.
Homiladorlik davrida gidronefroz davolash homiladr ayolda gidronefroz qaysi bosqichda va qanday belgilar berganligi bilan bog‘liq. Davoni urolog va ginekolog o‘zaro maslahatlashib tavsiya qilishaddi.
Homiladorlik gidronefrozi o‘z o‘zidan homiladorlik tugab bola tag‘ilganda o‘tib ketishi ham mumkin.
Sog‘ salomat bo‘ling.