Соғлом оила - соғлом келажак

Ideal oila bo‘lish uchun necha farzand bo‘lishi kerak?

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari aholi o‘rtasida “reporduktiv salomatlik“ va ”reproduktiv huquq” tushunchalari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

ideal oila

Tadqiqot tasdiqlashicha, o‘zbekistonliklar oilaning asosiy mazmuni va qadrini farzandlar deb biladi. Bu fikrni so‘rovnoma ishtirokchilarining 77,8 foizi tasdiqlagan. Ko‘p farzandli oilalar borgan sayin kamayib borayotgan bo‘lsa-da, bugungi kunda har yetti oilaning biri to‘rt farzandga ega, o‘nta oiladan biri esa besh yoki undan ko‘p farzandlidir. 2016 yilda mamlakatda 726,8 ming chaqaloq dunyoga kelgan.

30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar oilada ikki farzandni afzal bilsa, 30 yoshdan kattalar esa uch farzandni xohlashadi. Shahar aholisi o‘rtasida so‘rovnomada qatnashganlarning 24,3 foizi ikki farzandlilikni, 32,2 foizi esa uch farzandlilikni qo‘llab-quvvatladi.

Ushbu ko‘rsatkich qishloq hududlarida mutanosib tarzda 23,5 foiz va 37,8 %ni ko‘rsatdi. To‘rt farzandli bo‘lishni istaganlar esa shahar aholisining 31,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qishloq hududlarda 23,3 foizni ko‘rsatdi.

Har to‘rtinchi ayol birinchi farzandini 20-25 yoshda dunyoga keltirishi ma’qul deb hisoblaydi. Har uchinchi ishtirokchi onaning yoshi 22 da bo‘lishi ma’qullagan bo‘lsa, to‘rtinchi qatnashchi 23-25 ni ma’qul ko‘rdi. Juda ham kamchilik birinchi farzandni dunyoga keltirishda ayolning yoshi 18-19 bo‘lishini to‘g‘ri deb biladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayollarning reporduktiv salomatligini saqlashga Andijon viloyati (72,3%), Buxoro (71,2 %) va Samarqand (66,9 %) viloyatlarida e’tibor qaratishadi. Qashqadaryo viloyatida farzand ko‘rish o‘rtasidagi tanaffus bo‘lish kerakligi to‘g‘risida tushunchaga 39,2 foiz aholi ega. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida atigi 36,0 %ni tashkil qiladi.

Reproduktiv salomatlik haqida tushunchalar faqat 36,5 foiz aholida mavjud, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan kam. Ayniqsa 18-19 yoshda bo‘lgan yoshlarda bu ko‘rsatkich juda past.

Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari tadqiqot natijalariga ko‘ra, fuqarolar, ayniqsa yoshlarning huquqiy va tibbiyot bilimlar sifatini yanada oshirish zarurligi haqida tavsiyalar berdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.