Turmush qurganimga sakkiz yil bo‘ldi. Ammo Hanuz farzand ko‘rmadik. So‘nggi vaqtlarda erim ham ancha o‘zgarib qolgan. Jinsiy yaqinlikdan ko‘ngli qolganini aytayapti. Nima qilishga hayronman….
Nilufar Bo‘stonova, akusher-ginekolog:
Ayolning uzoq vaqt homilador bo‘lolmasligi er-xotin munosabatlarida aks etishi mumkin. Zero erkaklar ayollarga nisbatan ta’sirchan bo‘lishadi. Shu vaqtgacha tibbiy tekshiruvlardan o‘tgan bo‘lsangiz kerak. Balki muolaja ham olgandirsiz. Diqqat qiling, agar sizda hayz sikli me’yorida bo‘lsa, jinsiy a’zolarda yallig‘lanish, surunkali kasalliklar kuzatilmasa, gormonlar tahlili normal holatni ko‘rsatsa, vaqti soati bilan albatta farzandli bo‘lasiz. Shu o‘rinda juftingizning sog‘lig‘iga ham ahamiyat bering. Siz bilan birga u ham tibbiy tekshiruvlardan o‘tgan bo‘lishi, urug‘ tahlili o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Manba: Sugdiyona.uz