Agar Ayni paytda sizda bachadon bo‘yni eroziyasi borligi aniqlangan, siz esa homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, avval bachadon bo‘ynini davolatishni tavsiya etaman. Eroziyani davolash kerak!
Gap shundaki, homiladorlik davrida bachadon bo‘yni eroziyasini kardinal usullar bilan davolash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik ham bachadon bo‘ynining zararlangan yuzasi ahvolini og‘irlashtirishi mumkin. Bugungi kunda hali tug‘magan ayollardagi bachadon bo‘yni eroziyasini ham davolashning og‘riqsiz, samarali usuli mavjud. Bu davolashning radioto‘lqinli usuli.
Muborak PIRIMQULOVA, shifokor-ginekolog.