Laktatsiya davrida homiladorlikdan saqlanish usuli tug‘uruqdan keyingi emizish rejimi va vaqtiga bog‘liq.
Agar bolaga birinchi talabidanoq ko‘krak tutsangiz, emizishlar orasidagi tanaffuslar kunduzi 4, kechasi 6 soatdan oshmasa va hali hayz sikli tiklanmagan bo‘lsa, homiladorlikdan saqlovchi vositalardan foydalanishni 6 oyga kechiktirib tursangiz bo‘ladi. Gap shundaki, bola faol emish orqali (sog‘ish bundan mustasno) prolaktin gormoni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Onda-sonda emizganda yoki erta muddatda qo‘shimcha ovqat berilsa, kontratseptiv vositalar kerak bo‘ladi.
Muborak PIRIMQULOVA, shifokor-ginekolog