Соғлом оила - соғлом келажак

Tug‘ruqdan so‘ng, “chilla” paytida jinsiy aloqa qilish mumkinmi?

Ushbu savolga javob berishdan oldin Polshalik professor Mixalina Visloskayaning kitobidan bir iqtibos keltirib o‘tishni lozim topdik: “Moziyda o‘zining hayoti jarayonida 5-6 nafar xotinining “boshiga yetgan” erkaklar bot-bot uchrar edi. Bunday sadizmga moyil “hirs atletlari” rafiqalarining o‘limi asosan tug‘ruq yoki homila tushgandan so‘ng ro‘y berardi. Chunki bunday erkaklar fahmlaridagi noqislik bois, aynan tug‘ruq oldidan va tug‘ruqdan so‘ng faol jinsiy munosabatda bo‘lishni aslo kanda qilishmasdi. Natijada, jinsiy a’zolarning og‘ir shikastlanishi, keskin qon ketishi va qonning yuqumli manba bilan zaharlanishi ro‘y berib, bechora ayollar halokatga yuz tutar edilar.”

Yuqoridagi iqtibosni bejiz keltirmadik, zero, homiladorlikning oxirgi muddatlari va tug‘ruqdan keyingi davr o‘ta xavfli hisoblanadi.

tugruq jinsiy aloqa

Tug‘ruqdan keyingi davr “chilla” (ma’nosi qirq kun) yoki “nifos” deb yuritilishi ham bejiz emas. Chilla davrida bachadon bo‘yni ochiq holatdan asta-sekin yopiq holatga o‘tib boradi. Bu muddat tib olimlari fikricha, olti haftani tashkil etadi. Bu muddatda organizmning hamma tizimlarida tiklanish jarayoni ro‘y beradi. Shuningdek, jinsiy a’zolardagi shikastlar, yoriqlar tuzalib, qon ketishi to‘xtaydi. Tabiiyki, bu muddat ichida, jinsiy yaqinlikda bo‘lish ko‘plab ko‘ngilsizliklarga, jumladan, jinsiy a’zolarning og‘ir yallig‘lanish xastaliklariga, qon ketishiga olib keladi. Demak, nifos ya’ni chilla payti jinsiy munosabatda bo‘lish qat’iy ta’qiqlanadi.

Agar chilla muddatidan so‘ng ayol jinsiy a’zolarida qon ketishi barham topmasa, dastavval bu holatga sababchi bo‘lgan kasallikni davolash, so‘ng jinsiy hayot kechirish tavsiya etiladi.

Unutmaslik lozimki, tug‘ruqdan keyin noxushliklar ro‘y bermasligi birinchi galda er-xotinning o‘ziga bog‘liq.

Manba: Tib.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.