Соғлом оила - соғлом келажак

Qizlik pardasi – bokiralik mezonimi?

Gimen, ya’ni iffat pardasi qin dahlizi va uning bo‘shlig‘i orasida, taxminan, 1,5-3 sm ichkarilikda joylashgan shilliq qavat burmalaridan iborat bo‘ladi.

Qizlik pardasi, Bokiralik pardasi

Bokira qizlarda qin teshigi tashqaridan kirilgan tomondan nozik biriktiruvchi to‘qimali nomus pardasi bilan qoplangan bo‘ladi. Iffat pardasi homiladorlikning beshinchi oyidan boshlab ona qornida shakllanadi. Bu shilliq qavat burmalari qinga kirish hududini 0,5 smdan — 2 smgacha bo‘lgan qalinlikda qoplagan.

Hayz qoni chiqib turishi uchun bokiralik pardasining bir yoki bir necha joyida me’yoriy teshiklari mavjud bo‘ladi.

Qizlik pardasining eng ko‘p uchraydigan turi — markazida bir xalqasimon teshigi mavjud xilidir.

Qizlik pardasining turlari

Anatomik tuzilishi bo‘yicha qizlik pardasining quyidagicha turlari tafovut qilinadi:

  • Xalqasimon bir teshikli;
  • Yarim oy shaklli;
  • Naysimon tusli;
  • Qo‘sh pallali;
  • Orolchasimon, ya’ni turli joylarida o‘simta qoldiqli iffat belgisi;
  • Spiralsimon tusli;
  • Panjara shaklli, ya’ni ko‘p teshikli qizlik pardasi;
  • Labsimon tusli, ya’ni qo‘sh teshikli gimen;
  • Tilimsimon shaklli;
  • Teshiklari ilg‘ab bo‘lmaydigan shaklli.

Qizlik pardasini bo‘shang yoxud qattiqligi, ya’ni konsistensiyasiga qarab to‘rt turga ajratish mumkin:

  • tolasimon;
  • bo‘shashgan, mayinroq;
  • elastik-cho‘ziluvchan;
  • go‘shtdor.

Qanday hollarda ilk qovushishda og‘riq va qon chiqishi kuzatilmasligi mumkin?

Kamdan-kam vaziyatlarda dastlabki qovushishda og‘riq va qon chiqish hollari uchramasligi ham me’yoriy holat hisoblanadi. Bu alomatlar quyidagi hollarda ro‘y bermasligi ham mumkin:

  • Qizlik pardasi tug‘ma bo‘lmasligi yoxud bolalikda o‘zi bilmagan holda noxos buzilgan bo‘lishi mumkin.
  • Qizlik pardasi o‘ta cho‘ziluvchan bo‘lsa, jinsiy aloqaga monelik qilmay, zakar boshiga libosdek kiyilgan holda ancha vaqtgacha yirtilmasligi mumkin.
  • Iffat pardasi qon tomirlar va asab tolalari bilan o‘ta siyrak ta’minlansa yoki ulardan butunlay holi bo‘lsa qon chiqishi va og‘riq ro‘y bermasligi ham mumkin.
  • Tajribasiz kuyov dastlabki qovushishdan so‘ng kelinchakni cho‘kkalatib o‘tqazib qo‘yishni unutsa, oz miqdorda chiqqan qonning barchasi ichkariga ketib qolishi ham ehtimoldan holi emas. Bu esa asossiz tushunmovchiliklarga sabab bo‘ladi.
  • Agar kelinchak o‘ta jussador, keng farjli va aksincha erkak olati uzun ensiz bo‘lsa ham zakar parda o‘rtasidagi xalqasimon teshikdan shikast yetkazmay o‘tish ehtimoli ham mavjud.
  • Chuqur joylashgan, qo‘shtavaqali, yengil cho‘ziluvchan, etdorroq qizlik pardasi jinsiy aloqada yirtilmay, tug‘ruq davrigacha shikastsiz yetib borishi ham hayotda goho uchrab turadi.

Yuqoridagi maqola orqali qizlik pardasi haqida ozmuncha tushunchaga ega bo‘ldingiz deb o‘ylaymiz.

Endi sarlavha orqali ko‘targan qizlik pardasi bokiralik mezonimi bo‘la oladimi, degan savolimizga aniqlik kiritish maqsadida ekspert androlog Zarifjon Murodovga yuzlandik:

Qizlik pardasi to‘laqonli ravishda bokiralik mezoni bo‘la olmaydi. Qizlik pardasi tug‘ma bo‘lmasligi, yosh qizlarning jisniy a’zolar gigiyenasidan uquvsizligi oqibati, parda qon tomirlar va asab tolalari bilan o‘ta siyrak ta’minlanganligi, tajribasiz kuyovning bu borada uquvsizligi va maqolada ta’kidlangan, umuman, boshqa ko‘plab sabablar tufayli qizlik pardasi bokiralik mezoni deyishimiz notog‘ri bo‘ladi. Bokiralikka mezon sifatida aslida qizlik pardadan tashqari, ayolning ibo-hayosi, or-nomusini hisobga olishimiz kerak.

Foydali maqola: Kelinchakning bokira emasligi shubha qilinsa, momolarimiz qanday yo‘l tutishgan?

Мақола сизга ёқдими? Ундай бўлса, баҳоланг!
1 баҳо2 баҳо3 баҳо4 баҳо5 баҳо

Loading...

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш
loading...