— Turmushga chiqqanimga 3 yil bo‘ldi. Bachadonim 1-darajali kichik va testosteron gormoni ko‘pligi tashxisi qo‘yilgan. 5 oydan beri davolanayapman, ammo hali natija ko‘rinmayapti. Umr yo‘ldoshimni sog‘lom deyishdi. Homilador bo‘lish uchun qanday muolajalar olishim kerak?
— Bepushtlikka bir vaqtning o‘zida 5 tagacha omil sabab bo‘lishi mumkin. Bachadon birinchi darajali gipoplaziyasi bo‘lganida rivojlanib ketishi mumkin, faqat buning uchun uzoq vaqt davomida shifokor nazorati ostida davolanishingiz kerak. Testosteron gormoni miqdori oshib ketganida, estradiol gormoni darajasi pasayadi. Bu ham bepushtlikni keltirib chiqarayotgan bo‘lishi mumkin. Salomatligingizni to‘liq tekshirtirib, gormonal terapiya muolajalarini olishingiz kerak.