Соғлом оила - соғлом келажак

Bachadon eroziyasining davosi

35 yoshdaman, yaqinda bachadonimdagi eroziyani davolatdim. Lekin havo sovigan kunlarda belim bot-bot og‘riydi. Eroziyaning o‘rni ham simillab turadi, ba’zan hayz kunlarim ham cho‘zilib ketadi. Shifokor “tirnoqgul damlamasidan ichsangiz, foyda beradi”, dedi. Bu o‘simlikdan qanday foydalanishim mumkin?

Bachadon eroziyasi

Mavluda Toshboyeva, akusher-ginekolog:

— Tirnoqgul (nogotki lekarstvennыye) turli yaralarni tuzatishda, shuningdek, ayollar jinsiy a’zolari xastaliklarini davolashda ishlatiladi. Bachadon eroziyasi mavjud bo‘lganda shunday muolajani qo‘llang: 2 choy qoshiq maydalangan tirnoqgul ustidan 1,5 stakan qaynoq suv quying va 10 daqiqa damlang. So‘ng suzgichdan o‘tkazib, iliq holda kuniga 2-3 marotaba yarim stakandan ichasiz.

Agar hayz og‘riqli kechsa yoki muddati o‘zgarsa, tirnoqgulni choy o‘rnida damlab, bir hafta davomida kuniga bir mahal chorak stakandan ichib turiladi. Damlama hayz muddati yaqinlashayotganda ichilsa, yanada samarali bo‘ladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.