Ayollarda bepushtlik: sabab va yechimlar

Farzand – oilaning umidibaxtu quvonchitayanchicharog‘boni va kelajagiFarzandli oilada bag‘ri butunlikshodu xurramlik bo‘ladiZero, «Bolali uy – bozorbolasiz uy – mozor», deb bekorga aytishmaganDunyodagi har bir ayol farzandli bo‘lishnigo‘dak isiga to‘yishni xohlaydiFarzandi timsolida o‘zining orzuistaklariniumidlarini ko‘radi. «BЕPUSHT» degan tashxis esa ayolning ko‘nglini qattiq og‘ritishi shubhasiz

Nikohdan so‘ng ayol bir yil ichida homilador bo‘lmasa, bepusht sanaladi. Turmushi davomida umuman bola ko‘rmasa birlamchi bepushtlik, bitta farzand ko‘rgach, qayta homilador bo‘lmasa ikkilamchi bepushtlik sifatida qayd etiladi. Mutlaq (ilojsiz) bepushtlikka esa ayolda jinsiy a’zolar (bachadon, tuxumdon) tug‘ma yo‘qligi sababchidir.

Tekshiruvlarda aniqlanishicha, bepushtlikka olib keluvchi asosiy sabablarni uch turga bo‘lish mumkin ekan.

Ovulyatsiyaning buzilishi

O‘ttiz besh-qirq foiz ayollarda shu sababga ko‘ra bepushtlik kuzatiladi. Tuxum hujayra (urug‘) tuxumdonda yetiladi, shuning uchun tuxumdon ha­qida aniqroq tushuncha berib o‘tsak. U ayollardagi bir juft jinsiy bez bo‘lib, bachadonning ikki yonida (kichik chanoqda) ovalsimon shaklda joylashgan.

Tuxumdonda tuxum hujayra hosil bo‘lishdan tashqari qonga gormon (follikulin) ishlab chiqariladi. Bu gormon ayollar jinsiy a’zolari faoliyatining me’yorida bo‘lishida katta rol o‘ynaydi va ikkilamchi jinsiy belgilar (ovozning o‘zgarishi,ko‘krak bezlari rivojlanishi, chanoq kengayishi)ni paydo qiladi.

Odatda har 28 kunda tuxumdonda bit­ta tuxum hujayra yetiladi, bu ovul­yatsiya deyiladi. Ko‘pincha esa organizmdagi gipofiz va gipotalamus bezlari ishlab chiqaradigan gormonlarning yetishmovchiligi oqibatida anovulyatsiya (urug‘ yetilmasligi) kuzatiladi. Bunda hayz kelish muddati izdan chiqadi, ba’zan amenoreya (hayzning uzoq muddat kelmay qolishi) ro‘y beradi, gohida esa hayz maromida kelib turganda ham anovulyatsiya kuzatiladi.

Kuchli shamollash, ruhiy iztiroblar, buyrak usti bezining androgen gormonlarni haddan ziyod ko‘p ishlab chiqarishi, surunkali tuxumdon yallig‘lanishi, buqoq xastaligi singarilar ham ko‘pincha anovulyatsiya jarayonini keltirib chiqaradi. Xullas, bu jarayonni hozirda aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi.

bepushtlik sabablari

Tekshiruv da­vomida qondagi gormonlar miqdori aniqlanadi, ultratovush yordamida tuxumdon holati aniqlanadi yoki laparoskop bilan bachadon ichi sinchiklab tekshiriladi. Shunda birorta nuqson sezilsa, bartaraf qilinadi. Shuningdek, bugungi zamonaviy tibbiyotda turli gormon preparatlari qo‘llash orqali tuxumdonda urug‘ yetiltiriladi va be­pusht­likka barham beriladi.

Bachadon naylari nuqsonlari

Asosan 20-30 foiz ayollarda shu sababga ko‘ra bepushtlik ro‘y beradi. Bachadon naylari tuxum yo‘llari yoki fallopiy naylari deb ham yuritiladi. Uning uzunligi 10-12 santimetr bo‘lib, tuxumdonda yetilgan tuxum hu­jayra shu naylardan bachadonga o‘tadi. O‘ng tarafdagi nay chap tomondagiga nisbatan uzunroq.

Bachadon naylarining teshigi bachadonga qa­rab ochiladi. Ba’zan otalangan tuxum hujayra bachadon naylarining yallig‘lanishi (yoki torligi, qing‘ir-qiyshiqligi) tufayli harakatlana olmay, nayning biror qismiga joylashib qoladi (bunda bachadondan tashqari homiladorlik ro‘y beradi). Bachadon naylarining devori biriktiruvchi, mushak va shilliq qavatdan iborat.

Surunkali ruhiy iztiroblar, jin­siy gormonlar ishlab chiqarilishining izdan chiqishi, yallig‘lanishlar (so‘zak, xlamidioz, zaxm singarilar) oqibatida ham bachadon naylarida turli nuqsonlar kelib chiqadi. Bundan tashqari, qorin bo‘shlig‘i sohasida amalga oshirilgan jarrohlik muolajalari yoki ichki o‘tkir kasalliklar (masalan, ko‘richak, peritonit, poliplar, endemetrioz)­dan keyin ham bachadon naylarida nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. Bepushtlikka sabab bo‘luvchi bachadon naylaridagi nuqsonlar ultratovush tekshiruvlari va rentgen apparati or­qali aniqlanadi va muolaja qilinadi.

Turli ginekologik xastaliklar

Bachadon kasalliklarida qo‘llangan gormonlar natijasida bachadon qa­vat­larining o‘zgarishi, tug‘uruqdan ke­yingi jiddiy asoratlar, bachadon o‘smalari (mioma, kista, poliplar) va surunkali kechgan yallig‘lanishlar 15-20 foiz ayollarda bepushtlikni keltirib chiqaradi.

Masalan, kolpit (vaginit), metroendometrit (bachadonning mushak va shilliq qavati yallig‘lanishi), adneksit (bachadon naylari va tuxumdonning yallig‘lanishi), vulvovaginit (qin yallig‘lanishi), endotservitsit (bachadon shilliq qavatining yallig‘lanishi) kabi xastaliklar surunkali kechgan hollarda bepushtlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, ayollarda uchraydigan bachadon adenomiozi va tashqi jinsiy a’zolaridagi og‘ir jarayonlar ham bepusht­likka olib keladi.

Jinsiy a’zolar yallig‘lanishi xastaliklarini davolash uchun ayol birinchi galda infeksion dardlardan saqlanishi lozim. Chunki ko‘p hollarda bunday yallig‘lanishlarni turli infeksiyalar (sil tayoqchalari, zamburug‘lar, go­nokokk­lar) keltirib chiqaradi. Shuningdek, nerv va endokrin tizimidagi o‘zgarishlar, qon-tomir va yurak kasalliklari ham jinsiy a’zolar ishini yomonlashtiradi. Demak, jinsiy a’zolar kasalliklarining biror turi aniqlanishi bilanoq ayol darhol davolanishi lozim.

Diqqat, oiladagi farzandsizlikka faqatgina ayol emas, balki erkak ham sababchi bo‘lishi mumkin. Erkaklarda kuzatiladigan bepushtlik haqida mana bu yerda o‘qishingiz mumkin.

Mutaxassis: Mahmuda Imomqulova, oliy toifali ginekolog.

Manba: Tib.uz

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Related Posts
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.