Соғлом оила - соғлом келажак

Ajralishga sabab boʻladigan xunuk odatlar

Baʼzida sevishganlar arzimagan narsadan ham xafalashib qolishgan bir paytda, inson hayotini zaharlovchi zararli odatlar haqida nima deyish mumkin? Ularni vaqtida bartaraf etmasangiz, munosabatlar shunchaki arazlash bilan emas, balki ajrashuv bilan yakun topadi.

ajralishga sabab

Bu muammo bilan amerikalik psixolog, “Emotsional intellekt” nomli kitobning muallifi Deniel Goulman shugʻullanib, tadqiqot ishlarini olib bordi. U minglab juftliklar bilan shugʻullanib, ularning suhbatini videoga oldi, yozuvlarni tahlil qildi va bir necha yillar mobaynida juftliklarning munosabatlarini kuzatdi. Natijada psixolog juftlardan biri quyidagi odatlarga ega boʻlsa, yuz foiz ajrashib ketishiga amin boʻldi.— doimo juftini tanqid qilsa;

  • juftini hurmat qilmasa, uni doimo kamsitsa;
  • doimo oʻzini himoya qilsa;
  • jufti bilan kam muloqotda boʻlsa, birgalikda rejalar tuzmasa, qarorlar qabul qilmasa.

Tadqiqot natijalari qaysi juftlikda yuqorida sanab oʻtilgan belgilar koʻzga tashlangan boʻlsa, oradan 4 yil oʻtgach, ajrashib ketganligini koʻrsatdi.

Agar bu maʼlumotlar sizni biroz hushyorlikka chorlagan boʻlsa, kundalik odatlaringiz, qiliqlaringiz haqida yana bir karra oʻylab koʻring.

Ajralishga sabab: Uni yomonlamang

Dugonangiz eri bilan urushib qolgani haqida gapiryapti, siz uni tinchlantirish uchun hamma narsaga tayyorsiz, ammo oʻzingizning munosabatlaringizga putur yetkazadigan “agar sen erimning feʼlini bilganingda edi… Seni muammolaring menikini oldida holva…” deb gap boshlashdan oʻzingizni tiying.

Bu gaplar bilan dugonangizning muammosini hal qilib bera olmasangiz-da, eringiz orqasidan gapirganingizni eshitmasa-da, salbiy fikrlar miyangizga oʻrnashib qolib, oʻz kuchini koʻrsatadi.

Juftingizning xatosini yuziga solmang

Juftingizning har bir hatti-harakatidan xato topib, uning yuziga solavermang. Birinchidan, eringiz oʻzini doimo aybdor hisoblaydigan boʻlib qoladi, ikkinchidan, oradan koʻp vaqt oʻtmay, munosabatlaringizda negativ holatlar paydo boʻla boshlaydi. Natijada, “hammasiga u aybdor” degan fikr miyangizga oʻrnashib qoladi.

Muammolarni birgalikda hal eting

Juftliklar paydo boʻlgan muammolarga koʻz yumib, uni hal qilishga urinmasalar, birgalikda qaror qabul qilmasalar, kelajak uchun reja tuzmasalar, bunday munosabat uzoqqa choʻzilmaydi. Eng ideal juftliklar orasida ham baʼzan tushunmovchiliklar roʻy beradi, ammo ular bu muammolarni tinch yoʻl bilan hal qilib, uni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradilar.

ЎҚИНГ:   Depressiya va uning yashirin belgilari

Bir xil qiyofaga kiring

Juftingiz bilan bir-biringizni “mening yarmim” deb atay boshlaysiz. Eringizning oʻy-xayollarini, orzu-istaklarini soʻzsiz tushunasiz, oʻz navbatida u ham xuddi shunday holatni boshdan kechiradi. Buni “u meni sevgani uchun shunday” deb izohlaysiz, unda kutilmagan yangilikka tayyor turing: hatto bir-birini telbalarcha sevadigan juftliklar ham bir-biridan farq qilar ekan. Agar juftlik yillar davomida bir-biriga oʻxshab ketadigan boʻlsa, ularning munosabatlari uzoqqa choʻzilmay, ajralishga sabab boʻlib, tanazzulga yuz tutar ekan.

Soʻzsiz, sukunat bilan jazolang

Juftingiz bilan orangizda janjal chiqadigan boʻlsa, barcha oʻy-fikrlaringizni, oʻpka-ginalaringizni ovoz chiqarib, sanash shart emas. Agar mojaro gapirmay xafa boʻlib yurish, “Keling, bunday qilamiz…” degan konstruktiv xulosa bilan yakunlanadigan boʻlsa munosabatlar boshi berk koʻchaga kirib qoladi. Bunday holatda siz oʻzingizni jazolagan boʻlasiz, juftingiz bilan bitta uyda yashab, bitta toʻshakda yonma-yon yotib, kundan-kunga uzoqlashib borasiz.

Hamma narsani oʻz holiga tashlab qoʻymang

Uzoq vaqt birga yashash natijasida ikki inson bir-biriga nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan ham koʻnikib qoladi. Bu nozik munosabatlarga putur yetkazmaslik, ularni yanada rivojlantirish uchun ilk tanishgan vaqtlaringizni, birgalikda hayot boshlagan kunlaringizni tez-tez eslab turing. Hamma narsani oʻz holiga tashlab qoʻymang.

Bugungi ishni ertaga qoldirmang

Bir-biringizga nisbatan boʻlgan talab-istaklar muhokamasini keyinga qoldirmang, muammoni joyida hal qilishga harakat qiling. Ishingiz yonib yotgan boʻlsa-da, uyga borib, tappa tashlab uxlashni orzu qilayotgan boʻlsangiz ham, barcha muammolarni uyga koʻtarib bormay, ishxonaga tashlab kelishga harakat qiling. Ularni uyga koʻtarib boraversangiz, muammolarning hajmi oshib, bir kun portlash bilan yakunlanishi mumkin.

Oʻqing: Erkak va ayol o‘rtasidagi nozik muomala to‘g‘risida mutaxassis maslahati

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Psixologiya » Ajralishga sabab boʻladigan xunuk odatlar

loading...

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.