Соғлом оила - соғлом келажак

35 yoshdan keyingi homiladorik xavflimi?

Yoshingiz 35 yoki undan yuqori. Siz homilador bo‘lish harakatidasiz. Hoynahoy, atrofingizdagilar salomatligingiz, nega kech farzand ko‘rishni rejalashtirganingizni bilishga qiziqib, surishtirayotgan bo‘lishsa kerak. Chunki ayollar orasida kechki homiladorlik haqida turlicha vahimali misollar tilga olinadi. Ular qanchalik to‘g‘ri ekanligi va bu yoshdagi homiladorlikda e’tibor berish zarur bo‘lgan jihatlarga oydinlik kiritamiz.

Ilk homiladorlik

Homiladorlikni rejalashtirishda ayolning yoshi muhim omillardan biri ekanligi rost. Hususan, birinchi homiladorlik uchun 21-24 yoshlar orasidagi davr maqbul sanaladi. Agar birinchi homiladorlik 35 yosh va undan keyingi davrga to‘g‘ri kelsa, bunda ayolning salomatligi, hayz siklidagi buzilishlar, jinsiy a’zolar yallig‘lanishi yoki boshqa turdagi kasalliklar bor-yo‘qligi, avvallari homila tushishi, abort yoki homilaning o‘smay qolishi, stress, asabiylik, nevroz, virusli kasalliklarga chalinish holatlari, kamqonlik, surunkali buyrak, yurak hastaliklari, qandli diabet kabi holatlar kuzatilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganiladi.

Xavf solishi mumkin…

Yoshga doir o‘zgarishlar kechki homiladorlikka bir qancha omillar bilan havf solishi mumkin. Buning asosiy sababi esa ayolning salomatligi bilan bog‘liqdir. Jumladan:

Ayol organizmida antinachalar ishlab chiqarilishi homilani nobud qilib, uning rivojlanishiga to‘sqinik qiladi. Bunday holatlarda qondagi antitanachalar miqdorini aniqlashga doir tekshiruv o‘tkazish kerak.

Arterial qon bosimining ko‘tarilishi – kechki gestoz (toksikoz)ni yuzaga keltirishi va buning oqibatida muddatidan avvalgi tug‘ruq sodir bo‘lishi ehtimoli ortadi. Bu yoshda ba’zi ayollarning mushak to‘qimalarida elastiklik hususiyati kamayib, homilada gipoksiya, ya’ni kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.

Ona bo‘lishga tayyormisiz?

Bu yoshda ilk homiladorlikni rejalashtirishdan avval bir necha tekshiruvlardan o‘tish lozim. Hususan:

Terapevt ko‘rigi – surunkali turdagi kasalliklar va ularning kechishini o‘rganib, zarur hollarda umumiy holatingizni yaxshilashga qaratilgan muolaja tayinlanadi;

Ginekolog ko‘rigida — jinsiy yo‘l bilan o‘tuvchi infeksiyalar qindan olingan surtma tahliliga ko‘ra, infeksiya va turli xildagi kasalliklar bor-yo‘qligi aniqlanadi;

ЎҚИНГ:   Homiladorlikning 8-haftasi

Tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigi, jumladan, lor, okulist, endokrinolog, kardiolog, nevropatolog tekshiruvi hamda stomatolog ko‘rigi zarur. Tibbiy tekshiruvda ekstragenital kasalliklar erta aniqlanib, xastalik asoratlarining oldi olinadi.

UTT tekshiruvi – bu yoshda ayollar organizmida yoshga doir o‘zgarishlar yuz berib, mioma, eroziya yoki polip kabi o‘smalar paydo bo‘lishi ehtimoli ortadi. UTT tahlili orqali bachadon holati, tuxumdonlar va jinsiy a’zolardagi boshqa muammolar tekshiriladi;

Qonning umumiy, “TORCH” infeksiyalari, qandli diabet, OITS kabi kasalliklarga doir tahlili o‘tkaziladi.

Genetik shifokorga borish shartmi?

Kechki ilk homiladorlik aynan 35 yoshdan keyingi davrga to‘g‘ri kelganida Daun xastaligining yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lishini nazarda tutgan holda genetik shifokor ko‘rigidian o‘tish tavsiya etiladi. Bunda dastlab ayolning UTT tekshiruvi o‘tkazilib, u homilaning 13-16 va 22 haftaliklarida amalga oshiriladi. Homilada xastalik alomatlari taxmin qilinsa, ikkinchi uch oylikda ayol organizmidagi alfa-fenotropin, estrogen va xorion genodropin darajasi o‘lchanadi. Tashxis aniq xulosalar bilan tasdiqlanguday bo‘lsa, ota-onaga xabar qilinib, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlardan ogohlantiriladi.

Siz — homiladorsiz…

Kechki homiladorlikda ayol organizmida ayrim o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olgan holda shifokor nazoratida bo‘lish, oylik tekshiruvlardan o‘tish, umumiy ahvolingizni nazoratda ushlash tavsiya etiladi. Ayniqsa, birinchi uch oylikda o‘zingizni ehtiyot qilishingiz, zo‘riqmaslik, asabni tinchlantirish, toliqish, keskin harakatlar qilmaslikka ahamiyat berish lozim. Toksikozning o‘tish holatiga ko‘ra, shifokor tavsiyasi bilan yengillashtiruvchi preparatlar buyurilishi mumkin.

“O‘zim tug‘a olarmikanman?”

Agar homiladorlik davri jiddiy o‘zgarishlar va salomatligingizda muammolarsiz kechsa, tabiiy tug‘ruqni amalga oshirish imkoniyatiga egasiz. Bordi-yu, surunkali kasalliklar huruji ehtimoli taxmin qilinsa, yurak, buyrak, miopiya, qon bosimi yuqoriligi yoki tos suyagining kichikligi kabi holatlar mavjud bo‘lsa, shifokor yo‘llanmasiga ko‘ra, rejali kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilishi mumkin.

ЎҚИНГ:   Homiladorlikning 27-haftasi

Ikkinchi va uchinchi homiladorlik

Ba’zan birinchi yoki ikkinchi farzand tug‘ilganidan so‘ng keyingi homiladorlik qiyinlashadi. Bunga ayol organizmidagi o‘zgarishlar, turli xarakterdagi surunkali, virusli kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik birinchi farzand bilan keyingilarining orasidagi farq 7-8 yilni tashkil etsa, tug‘ruq davri huddi birinchisidek o‘tadi, deb o‘ylaydi. Shifokorlar bu holatning yuzaga kelishini ayolning salomatligi bilan bog‘liq o‘zgarishlar va tug‘ruqqa tayyorgarlik jarayoni bilan bog‘lashadi. Agar salomatligingiz bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, tug‘ruq jarayoni ham yengil o‘tadi. Homiladorlik yuzaga kelmayotgan bo‘lsa, albatta, to‘liq tekshiruvdan o‘ting va tahlil namunalarini topshiring. Tekshiruv natijasida biror o‘zgarish aniqlansa, unga doir muolajalar buyuriladi. Ana shundan so‘ng yana bir marta qayta tekshiruvdan o‘tib, homiladorlikni rejalashtirishingiz mumkin.

Davolansam, farzand ko‘ra olamanmi?

Tibbiyotda ayolning salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlansa, farzand ko‘rish tavsiya etilmaydi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, aniqlangan kasalliklarning kelib chiqishi sababi o‘rganilib, kerakli muolaja tayinlanadi. O‘z vaqtida va to‘g‘ri davolanish ishlariga rioya qilsangiz, albatta, homilador bo‘lasiz.

E’tibor bering…

Sog‘lom onadan sog‘lom bola tug‘iladi, degan tamoyil nechog‘li haqiqat ekanligiga salomatligingizni tartibga keltirgach, ishonch hosil qilishingiz mumkin. To‘g‘ri, uzoq muddat homilador bo‘lolmaslik yoki kechki ilk homiladorlik oldidan qo‘rquv va hadik bo‘lishi tabiiy. Ammo ruhiyatingizni sog‘lom farzandni dunyoga keltirish va homiladorlik davrini jiddiy asoratlarsiz o‘tkazishga tayyorlab borsangiz, albatta, hammasi yaxshi bo‘ladi. Muhimi, kechki homiladorlik haqidagi turli afsonalarga chalg‘imaslikka harakat qiling!

Ekpert: Oliy toifali shifokor ginekolog Gulnora Po‘latova
Jurnalist: Dildora Yusufbekova
Manba: «Sug‘diyona» gazetasi.
Sayt: Dnk.uz

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Ginekologiya » 35 yoshdan keyingi homiladorik xavflimi?

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.