Соғлом оила - соғлом келажак

Bolani qanday holatda emizish kerak?

Bola emizishning turli qulay holatlari ma’lum. Ular ichida eng keng tarqalgani bolani tizzada olib o‘tirib emizishdir. Har bir ona bolasini emizish uchun o‘ziga eng qulay holatni tanlashi lozim. Bunda tibbiyot xodimlarining roli katta bo‘lib, tegishli holatni ular onalarga tug‘ishdan oldin va onaning ko‘zi yorigandan keyin o‘rgatishlari lozim.

Bola emizishning qulay holatlaridan yana biri — bola beshikda yotgan holat, chunki ona beshik yonida o‘tirganda uning ko‘kragi bolaga moc keladi, onaning qo‘llari erkin bo‘lgani uchun bemalol emizishga imkon tug‘iladi. Beshikda yotgan bolaning ko‘krak olishi qulay bo‘ladi, ko‘krak yuqoriroqda turgani uchun sut kelishi tezlashadi.

Emizish uchun qulay holatda ona butun vujudi bilan bolani his qilib rohatlanib emizadi. Bolaning yonoqlari ona ko‘kragiga tegib turadi, bola og‘zini katta ochib, lablari cho‘chchayib, ko‘krakka intiladi. Ko‘krak uchini yamlab olgach, asta-sekin so‘ra boshlaydi. Bola tinch va xotirjam emganda, ona ko‘kragining uchida og‘riq sezmaydi.

Ma’lumot o‘rnida bolani emizishning tavsiya etilgan holatlaridan foto na’munalar keltirib o‘tamiz:

Tug‘ruq jarayonida ayollar turli-tuman dorilarni iloji boricha kam ichishi kerak. Ayniqsa, og‘riqni qoldiradigan dorilar — analgetiklar bolalarga ham ta’sir etib, boladagi tetiklikni kamaytiradi, uyqusini keltiradi, natijada bolaga birinchi ko‘krak berish muddati cho‘zilib ketadi.

Bola tug‘ilgach, ona bilan bola birga bo‘lishi kerak, faqat noiloj hollardagina bolani onadan alohida qo‘yish mumkin. Bola tug‘ilgach, dastlab 1 soat davomida chaqaloq ona qornida yotib, terisi ona terisiga tegib turishi va shu holatda onani emishi lozim. Chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng qilinadigan muolajani (bolani yuvintirish, vaznini aniqlash, kiyintirish va boshqalarni) 1-2 soat orqaga surib, bolani emishga o‘rgatish kerak.

Farzand tug‘ilgach, iloji boricha o‘zingizni bo‘sh qo‘yib, xotirjam bo‘lishga harakat qiling. Bolani qo‘lingizga bergandan so‘ng uni bag‘ringizga olib, ko‘krakka bosing. Ko‘krak uchi yoki barmog‘ingiz bilan bola yuzini yoki labini qitiqlab, uning ko‘krakka talpinishini kuchaytiring, chunki bolalarda ovqat qidirish refleksi shakllangan bo‘ladi.

Bola emayotganida boshi va tanasini ushlab turing.

Video lavha:

Ushbu maqolani ham o‘qing: Tug‘ishdan keyin ayollarda jinsiy mayl nega susayadi?

Manba: «Xotin-qizlar eniklopediyasi».

Suratlar manbasi: Kukuzya.ru

Мақола сизга ёқдими? Ундай бўлса, баҳоланг!
1 баҳо2 баҳо3 баҳо4 баҳо5 баҳо

Loading...

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш
loading...

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *